Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 297


 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nazm gulshani » Muhammad Yusuf

Onamdan xat.

O'g'lim, jigargo'sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelsang bir ko'rsamu… o'lsam mayliga.

Chakka o'tgan eski tomga o'xshayman,
Ko'zimdan yomg'irlar to'kilar tinmay.
Bu yorug' dunyoda bormi, bilmayman,
O'z o'g'li yo'liga intizor menday…

Hayhotdek hovlida qoldim bir o'zim,
Nima xayollarga bormasman ba'zan.
Sog'misan ishqilib, qo'rqaman, qo'zim,
Podsholar haqida she'rlar yozasan.

O'ynashib bo'larmi shohlar bilan, ayt,
Qishloqi joningga she'rdan ne huzur?
Zeriksang — bepoyon yaylovingga qayt,
Siqilsang — dashtlarda ot choptirib yur!

Faqat xayolingdan chiqargin she'rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg'onmi),
Axir, sen yozmasang o'sha Boburni,
Shoirning urug'i qurib qolganmi?..

O'g'lim, jigargo'sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelib bir ko'tarib chiqqin hovliga.

 
Qo'lingda jon berib o'lsam mayliga…
 
Muhammad Yusuf.
Turkum: Muhammad Yusuf | Muhbir: Durbek (17.03.2009) | Muallif: Muhammad Yusuf.
Ko'rilgan: 1871 | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Ikki misrada tugagan gaplarim.... (1)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim. (0)
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Begona do'st... (0)
[29.02.2008][Satrlar kulganda...]
Yoshlarga to'y hazili.. (0)
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Yana to'rtliklar.... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Sonet... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishq sayyodi. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
Понедельник
06.04.2026
19:13
Sahifa ruknlari
Alisher Navoiy [1]
Xazrati Alisher Navoiy ijodidan na'munalar.
Boborahim Mashrab [3]
Boborahim Mashrab ijodidan na'munalar.
Muhammad Yusuf [16]
Muhammad Yusuf ijodidan na'munalar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2026
Создать бесплатный сайт с uCoz