Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 152


 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Alisher Irgashev » Muhabbatnoma

Sen tug'ilgan kun...
Bog' chamanni etgancha maftun,
Oshiq dilga sochib bir uchqun,
Bahor qaytib keldi men uchun,
Gulim! Bugun sen tug'ilgan kun!
 
Qish vujuding tanlab olgan on,
Bahoru yoz husn solgan on,
Kuz dunyoga nazar solgan on:
Qadrim! Bugun sen tug'ilgan kun!
 
Ishq qasrining tanxo ustuni,
Visol tongi, hijron yakuni,
Oshiqlarning sinov bir kuni,
Jonim, bugun sen tug'ilgan kun!
 
Husn ichra yetmas tarovat,
Sabr ichra yetmas halovat,
Oshiq ahli aytar salovat,
Suyukligim, sen tug'ilgan kun!
 
Nazm ko'nmas ta'rif etmoqqa,
Nasr boymas qalam tutmoqqa,
Fursat yetdi senga yetmoqqa,
Dostonimsan, sen tug'ilgan kun!
 
Bu kun yorug' bo'ldi osmonim,
Quvonchlarga to'ldi jaxonim,
Yo tangriga yetdi fig'onim,
Yetishganim, sen tug'ilgan kun!
 
Bo'salaring o'zgacha lazzat,
Qabulingda yangicha izzat,
Muhabbatdanbol olgan iffat,
Suyolganim, sen tug'ilgan kun!
 
Ehson qilay yuragimdan gul,
Jonim olgin bo'lsa gar maqbul,
Senga in'om etay, et qabul,
Muhabbatim! Sen tug'ilgan kun!
 
Alisher BEK.
17 oktyaber, 2006 yil.
Turkum: Muhabbatnoma | Muhbir: Alisher (29.02.2008) | Muallif: Alisher Irgashev
Ko'rilgan: 3718 | Izohlar: 1 | Daraja: 4.0/1 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Begona do'st... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[29.02.2008][Muhabbatnoma]
Ayt, nedir ishq? (0)
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
To'rtliklar... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening sevgim... (0)
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim... (0)
[06.02.2009][Satrlar kulganda...]
"Shijoat" Ayollar klubiga xazil. (2)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbatning orzulari (0)
Понедельник
25.05.2026
14:21
Sahifa ruknlari
Muhabbatnoma [30]
Muhabbatga talpingan yurak...
So'zlarim yetmadi Onajon... [8]
Onamning Hotirasiga bag'ishlanadi.
G'azalga havas... [13]
Tugamagan satrlar... [4]
She'r har doim ham yakun bo'lavermaydi.
Men shoir emasman! [18]
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto...
Satrlar kulganda... [5]
Xazil she'rlar to'plami.
Sher bo'lmagan satrlar... [1]
Nazm borasida bir shingil...
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2026
Создать бесплатный сайт с uCoz