Uyg’onib ketadi bu olam, To’xtatmay tebratgin beshiging, Ketmagin, alla ayt onajon, Ochsa ham jannatlar eshigin. Uyg’onib ketmasin bu olam, Go’daging, jaholat ko’rmagan. Uyg’otma, yo’rgagin ochmagin, Hali u uyquga to’ymagan. Uyg’onib ketadi. Chunonam Yi’glaydi, to’ymagan mehrga. Bag’ringga bosib tur erkalab, Ovuntir oq sutdek sexrga. Uyg’onib ketadi qo’rquvdan, Yolg’izlab qolmasin hayoli, Yelkasin urib tur allalab, Ilitsin nafasing shamoli. Uyg;onib ketmasin, alla at, Onasan, haqqing yo’q jaxlga. Tebratib sutin ber beshikda Es tanib kirguncha aqlga. Uyg’onib ketmasin bu olam, Mudroqni yengib tur bir nafas. Ko’z nuring tutib tur beshikda, Sharpangni his qilib tursa bas. Onajon, bir kun tin olarsan, Atalgan bir kun bor senga ham. Shunda ham to’xtatma beshiging, Uyg’onib qolmasin bu olam… 6-mart, 2008 yil. Alisher BEK.
|