Quote (Alisher)
Kimning nomi bilan ish qilayotgan bo’lsam, o’zlariga vofodormanmi? Do’stlar bilan xaqqoniymanmi? O’rgatganlarini amalda qo’llaymanmi?
Men ham bugun bu savollarni o'zimga berib ko'rdim---> Kimning nomi bilan ish qilayotgan bo’lsam, o’zlariga vofodormanmi?Bu yerda savol berayotgan shaxs o'zini nazarda tutyaptimi?Yoki ustozini nazarda tutyaptimi?Mavhumlik bor...aytaylik mening aqli ojizim buni soddalik bilan tushundiki men Kumush nomi bilan ish ko'rayotgan ekanman Kumushbibiga vofodormanmi?
Qariyib o'zbek halqi xotin qizlari timsoliga aylangan Kumushbibiga munosib bo'lmoq xo'p murakkab ishdur.Lekin doimo Kumushdagi soddalikni,bilag'onlikni,cheksiz muhabbatga oshno otashqalbni shu bilan birga andishani o'zimga singdirishga harakat qilib kelganman... Do'stlar bilan xaqqoniymanmi?Yo'q xaqqoniy emasman...Ayrim hollardagina asl basharam nomoyon bo'lib qoladi.Lekin aksar hollarda sohtalik niqobini tutib olaman...
O’rgatganlarini amalda qo’llaymanmi?Imkonim boricha qurbim yetgancha qo'llashga harakat qilaman.