Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 151



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Блог
Bosh sahifa » 2008 » Январь » 14 » Hayot davom etaveradi...
Hayot davom etaveradi...
09:39
08.01.2008.
 
Kecha tobim qochgani uchun dunyo ko'zimga tor edi...
Ishni tugallashga qanchalik urinmay, yuragimdagi torlik yanada torayib borar, har narsadan voz kechib, dam olgim kelardi, hamma narsani unutishni istardim...
Bir amallab ish kunini tamomladim, yana oilamning mehrga to'la o'gushuga qaytdim...
Kayfiyatimni qanchalar ko'tarmay, yuzimga qanchalar tabassum joylashga urinmay, kechki ovqatni ishtahasiz bo'lsa ham maqtab tanovvul qilishga urinmay, baribir yuzimdagi zohirlik oilamni tashvishga solardi. Ular ham o'z navbatida menga g'amho'rlik qilishga, ko'nglimni ko'tarishga qanchalik urinmasinlar, yuzlaridagi tashvish alomati sezilib turardi...
"Meni uyg'otmanglar...", "Ishga ham borgim kelmayapti...". Bu izohsiz gaplar qanchalik menga haqiqat bo'lib tuyulganini tasavvur qila olsangiz kerak...
Tong.... Yo'q tong emas, hali yarim tun... Men esa yana avvalgidek, bardam va baquvvat.....
Allohga shukrlar bo'lsinkim, yana ishga, yana hamkasblar, yana sertashvish mehnat qo'ynidaman....

Bir necha soniya ichida fikrimiz qanchalik tez o'zgarishini tasavvur qilib kulib qo'yaman: bur kun avval hamma narsadan voz kechishga tayyor odam bugun yana hammasini yangidan boshlashga bel bog'lagandek.
Na sovuq uy, na chiroqsiz hovli, na faysiz ko'chalar uning mehrini qoldira oladi: hammasiga tan beradi, Allohga shukr qiladi, va osongina "Tirikchilik" deb qo'ya qoladi...
Hayot u kabi barcha uchun ham davom etaveradi. Yaratganga shukr....
Turkum: Kundalik satrlar | Ko'rishlar: 1838 | Muallif: Alisher | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 1
1 Kumush  
0
Ahir insonmiz bir kun jismimizdagi olov bosh ko'tarib qoladi.Yuragimiz yonadi shahd bilan katta katta ishlarga bel bog'laymiz.Bir kun esa tuproq uz kuchini ko'rsatib qo'yadi og'ir vazmin bo'lib qolamiz.Haligi o'ylagan rejalarni eslab miyig'ida kulib qo'yamiz.Lekin tugri aytdingiz kechqurun uylagan fikrizga ertalab uygonib kamdan kam holdagina qo'shilasiz.Hayot esa davom etaveradi....

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]


[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muqaddima. (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Mening muhabbatim... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbatning yolg'on va haqiqati... (0)
[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Bir she'r tarixi... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat do'stlikning nihoyasidir... (4)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Taqdiri azal... (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Alamlarga almashingan tun. (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Tanholikdan ketgan muhabbat. (4)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Muqaddima... (1)
Вторник
17.06.2025
20:45
Taqvim
«  Январь 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Kundalik sahifalari
Bir she'r ta'rihi... [10]
Bir satr she'r yozildi... Tarixi esa kitoblarga sig'masdi...
Ish, ish va yana ish! [2]
Bekor o'tirgandan bekor ishla...
Kundalik satrlar [7]
Bu kundalikda hayotimni yoritib borman, toki o'zgalar mening xatolarimni takrorlamasinlar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright: AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz