Institutda o'qib yurgan kezlarim bir qizning muhabbatini, hurmatini qozonish uchun turli yudirmalar o'ylab topganim esimda. Lekin hali qalbimda sof bir muhabbat uyg'onmaganini bilardim. Lekin qizga nisbatan hurmatim baland edi. Uni aldashni istamasdim. Umuman hech bir qizni aldanishini istamasdim. Uni rad etib bo'lmas dalillar ila o'zimniki qilib olishimga imkon bor edi. Hayollar o'gushida o'y surar ekanman, agar o'zimni qo'lga olmasam bir umr o'zimni kechira olmasligimni tushunib qoldim. Hayolimda u meni sevadi, lekin aslida kimligimni qachongacha yashiraman, qachongacha niqob taqib yashayman? Bu savollar ta'sirida she'r yozilgandi....
Lablarimdan tishlama go'zal Bo'salarim o'tkinchi shamol. Chaqmoq kabi bag'rimdagi o't, Visol menga shirin bir hayol...
Muz tanimni quchmagin go'zal, Eritmoqqa jaxannam kerak! So'zlaringni tinglamas dilim, Parcha toshga aylangan yurak!
Muhabbatim qidirma go'zal, Tanim ruhdan ajragan butun. Unut deyman meni go'zalim, Faqat seni sevganim uchun!
Lekin bir narsa aniq edi, kun sayin unga nisbatan muhabbatim ortib borar edi. Ta'til kunlari uni ko'rgim kelar, suhbatlashgim kelar, yonida bo'lgim kelardi. Lekin bu men kutgan muhabbat emasligini his qilib turardim. Nimadir, ha, qandaydir ichki bir tuyg'u unga butunlar bo'glanib qolishdan ogohlantirayotganini his qilardim. Bir kun keldiki, bu sir, bu havf, bu to'siq mazmuni fosh bo'ldi:
Olisdagi qoyalarga boqsam termulib, Yo sharqirab oqar suvga tushsa nigoxim, Xotiralar yuragimni o'tadi tilib, Naxot seni uchratganim bo'ldi gunoxim.
Yulduzlarga termulgancha o'ylayman seni. Faqat ular guvox bo'lgan visol onimga. Qushiq aytsam oxangidan quvnardi dilim, Nechun endi azob berar ular jonimga?
Uzoqlarga ketsam ta'qib etar xayollar. Tushlarimda tinchlik bermas "Visol" deb yurak. Sen tomonga tortiqlaydi o'ynoq shamollar, Pinxon bo'lgan sevgim mening senga-mi kerak?!
Yuragimga oshno bo'ldi qo'lda qalamim, She'rlarimda bayon etdim oxu zorimni. Dil qulfini ocholmagan tilmi aybdor, Aytganimda bo'lmasmidi dilda borimni?!
Aytolmasdim. Nigoxingda yashirin ma'no. So'zliringda muxabbatga cheksiz extirom. Vujudingda ishq o'tidan taralgan yog'du Faqat o'zga muxabbatga berardi orom.
Ha, uning qalbi, uning sof tuyg'ulari, orzulari va baxti kelajagi bo'sh emasdi, uni allaqachon bir baxtiyor zabt etgandi. Biz esa do'stligimizni saqlab qolishimizga barcha imkoniyatlarimiz bor edi, chunki men unga dilimni ochmagan, u menga rad javob bermagandi. "Agar ogohlantirish bo'lmaganida men sizni sevib qolardim..." - bu hazilning chin bilan farqi yo'q edi...
Yashirin muhabbat oshkora do'stlikka yakun yasay olmadi. Lekin bu ham uzoqqa cho'zilmadi. Keyingi zarba, keyingi muhabbat sinovlari mening emas, uning boshiga urildi. U kuchsiz muhabbat oldida engildi. Men esa osongina uyg'onmagan muhabbatimdan kechgan bo'lsam, yana birimiz to'siqlarni engib o'ta olmadi. Men uni qaytishini juda juda istardim. Lekin qaytmasligini ham. Bu har birimiz uchun to'g'ri qaror deb hisoblagandim.
Esingdami? Kuz oqshomi anhor bo'yiga, So'nggi bora uchrashuvga tanho kelganing? Esingdami, o'shal oqsom kelib yonimga, -Sen emassan mening yorim, o'zga, - deganing.
Sen keldingu, ketding, mening qalbim yaralab O'zing bilan olib ketding orzularim ham. Kechagina bo'ynim quchib asta shivirlab Menga bergan va'dalaring qilardi alam.
Nahot seni alday oldi bir shoda marjon? Nahot sevging qadri bo'ldi tillo taqinchoq? Bilmasmiding?! Niqob taqqan ahir bu dunyo! Hayot ham bir, yolg'on ham bir, sen ham o'yinchoq.
Bahor edi, turar edim anhor bo'yida... Yana kelding uchrashgani ikkimiz tanho. Lekin endi muhabbatga aldangan yurak So'zlaringga qilmas edi zarracha parvo.