Bahor edi, turar edim anhor bo'yida... Yana kelding uchrashgani ikkimiz tanho. Lekin endi muhabbatga aldangan yurak So'zlaringga qilmas edi zarracha parvo.
Yo'q, u meni aldamagan edi. Faqat unga ishongan edi, undan baxt kutgan edi. U esa nomardlik qildi, aldadi, ishonchni poymol qildi.
Biz esa hamon do'st edik... Talabalikning so'nggi kunlari... Yana satrlarda qoldi hayollar:
Do'st dedimu sevgim menga begona bo'ldi, Nish urdiyu, muxabbatim ochilmay so'ldi, Visol emas, uqubatga paymonam to'ldi. Meni emas, o'z-o'zingni aldading go'zal.
Sevdim deya uzgan guling tikon emasmi? Xar yigit xam go'zallarga sevdim demas-mi? Sevmaganga suykalmoqlik menga xavasmi? Do'stim deya o'z do'stingni aldading go'zal.
Bilmasmiding, ortingdan tosh otguvchilar bor. Muxabbatin o'zga yorga sotguvchilar bor, Yana sendek alam qilib qolguvchilar bor, Bilib turib o'z ko'zingni aldading go'zal.
Yuragimga dog' soladi alamim, oxim. Naxot senga sirdoshligim bo'ldi gunoxim? Bir kun kelib menga xam baxt berar Olloxim. Meni emas, o'z baxtingni aldading go'zal.
O'zimni ilojsiz mahbusdek oqlashga urinardim. Yo'q, balki u ham meni sevgandir degan hayollardan o'zimni to'htatib turardim, orzularga erk berishni istamasdim. Uni baxtli bo'lishini juda juda istardim, hatto ba'zida uning baxtsizligida mening ham hissam bor deb o'ylardim. Hayollarim uning hayotiga ta'sir qilishini men qaydan bilay ahir....
Biz avvalgidek, har doimgidek, tanishgan onlarimizdek, odatdagidek salomlashardik, yangiliklardan so'zlardik, va omadli kun tilab ishimizda davom etardik. Bu o'zgalar ko'z oldida hatto do'stlikka ham o'hshamas edi. Bu talabalar o'rtasidagi odatiy hol. Lekin, eng muhimi biz bir birimizga ishonar edik. O'ylaymanki hozir ham ishonamiz. Uning keyingi taqdiri meni qanchalik qiziqtirmasin, talabalik yillaridan so'ng boshqa u bilan uchrashmadik. Taqdir yo'llari mana shu joyda ajraldi. Balki unga nisbatan uyg'onayotgan muhabbatimni tan olmaganimda hammasi oz'gacha bo'larmidi. Lekin ishonch va ochiqko'ngillik, sofdillik va hurmat meni rad etilajak muhabbatdan, uni esa hiyonatdan saqlab qolganini keyinroq tushundim.
372 13-2-11 diyo ki: biline7 nedir, altı var mııdır, ie7i ne kadar doludur bylriiomum..ama elim yanıyorsa f6nce elimi e7ekerim..sonra bilince haber veririm :9 +11Sizce bu cevap yeterli mi ?
Muhabbat dustlikning yakuni bulishi, bu menimcha yaxshi holat emas! chunki turmushda muhabbat bilan dustlik yonma yon yurishi kerak. dustlik saqlab qolinsagina, bir birligini tushunishadi
Do'stlik va muhabbat juda bir biriga yaqin tuyg'ular. mnei nazarimda sevishganlar avvalo do'st bo'lishi kerak. chunki inson sevgilisiga faqat yaxshi jihatlarini ko'rsatishga harakat qiladi do'stidan esa yashirmaydi. Agar sevgining poydevori do'stlik bo'lsa u mustahkam bo'ladi nazarimda
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin. [ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]