Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
 Блог
Bosh sahifa » 2008 » Май » 19 » Men ham qachonlardir o'quvchi bo'lgandim, o'qituvchi ham....
Men ham qachonlardir o'quvchi bo'lgandim, o'qituvchi ham....
16:37
Qachonlardir maktabda Informatika fanidan dars bergandim... Bolalar bilan ishlash qanchalik qiziq ekanini bilganingizda albatta o'qituvchi o'lar edingiz. Afsuski, o'qituvchi emasman. Lekin, men ta'lim bergan o'quvchilar hayotimda shunday bir shirin hotira qoldirganlarki, uning uchun ularga rahmat aytaman.
So'nggi qo'ng'iroq kuni ularga nima sovg'a qilishni uzoq o'yladim. Bildimki, yana qalbimdagidan o'zga narsani sovg'a qilsam ko'nglim to'lmaydi. Ularga quyidagi satrlarni esdalik qilib qoldirdim.
 
O'quvchilarimga.
 
Bugun maktab ostonasin hatlab so'nggi bor
O'n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun.
 
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o'tgan maktab davrin unutmang aslo!
 
Axir oson bo'lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo'lmagandir 11 yil umr.
Oson bo'lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o'z gashti bor, qilingiz sabr.
 
Balki sizga unut bo'lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo'ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to'lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo'ng'iroq.
 
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo'lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o'zimizga qilar nasixat.
 
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi do'stlik,
Kimlargadir nasib bo'ldi sof bir muxabbat.
 
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko'chirmoqqa bo'lmaydi imkon.
Kundalikka qo'yilmaydi "2" baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
 
Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo'lolmassiz, unutmang biroq:
Do'stlaringiz bir umrga bo'lar yelkadosh,
Do'stlik uchun chalinmaydi so'nggi qung'iroq.
 
Alisher BEK
May, 2003 yil.
Turkum: Bir she'r ta'rihi... | Ko'rishlar: 2486 | Muallif: Alisher | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 3
3 Dulce  
0
Bu rsidmeeki kizda saclari da cok guzel.Bunlara bayildim.Benim sacimin onude kizin saci gibi simdi ben onun gibi gorunmek icin ne yapiyim?

2 Aspirant  
0
Cалом мен хам бир пайтлари информатикадан мактабда дарс берганман! Укитувчилик мени гурурим! хозир эса Университетда дарс бераман! Мактабдаги укувчиларимни жуда согинганман, улар жуда бегубор эди! Лекин талабалар хам яхши!

1 Farishta  
0
Ajoyib satrlar.... Bu satrlarni o`qib turib o`zimni so`nggi qo`ng`iroq kunidagi holatim yodimga tushib ketdi.... Ha buni eslash judayam og`ir.......

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]


[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muqaddima. (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbatning yolg'on va haqiqati... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Mening muhabbatim... (0)
[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Bir she'r tarixi... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat do'stlikning nihoyasidir... (4)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Taqdiri azal... (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Alamlarga almashingan tun. (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Tanholikdan ketgan muhabbat. (4)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Muqaddima... (1)
Суббота
18.05.2024
11:44
Taqvim
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Kundalik sahifalari
Bir she'r ta'rihi... [10]
Bir satr she'r yozildi... Tarixi esa kitoblarga sig'masdi...
Ish, ish va yana ish! [2]
Bekor o'tirgandan bekor ishla...
Kundalik satrlar [7]
Bu kundalikda hayotimni yoritib borman, toki o'zgalar mening xatolarimni takrorlamasinlar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright: AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz