Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Yurak yig'lab qoldi ortingdan.
[21.06.2008][So'zlarim yetmadi Onajon...]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
[07.11.2007][So'zlarim yetmadi Onajon...]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 151
IP

 Umidsiz yolg'iz yo'lovchi... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Umidsiz yolg'iz yo'lovchi...
KumushДата: Среда, 06.05.2009, 17:05 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Gunohini orqalagancha
Ketib borar yolg'iz yo'lovchi.
Qaramaydi na yon na ortga,
Na aytuvchi, na yo'l so'rovchi.

Ketib borar jim-jit, egik bosh,
Yuzida bor na bir alomat,
Ketib borar sukunat kabi,
Unga kelgan ne bir malomat?

Ketib borar qaddi bo'lib dol
Gunohlrning zildk toshidan.
Kurgan hayron: Bunchalar osiy?
Nima kunlar o'tgan boshidan?

Ketib borar ko'zlari ma'nisiz,
Qadam sharpa bermas toshda ham.
Misli qadam tashlagan soya,
Tana unga ergashgan qalam.

Ketib borar yol'giz yo'lovchi,
Unga farqsiz, ma'nisiz bari.
Umidini yo'qotib qoyib,
Ketib borar arosat sari...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Среда, 06.05.2009, 17:09 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Muallifga bir ikki savolim bor.NIma turtki bo'ldi bu sherni yozishga.
Quote (Kumush)
Ketib borar yol'giz yo'lovchi,
Unga farqsiz, ma'nisiz bari.
Umidini yo'qotib qoyib,
Ketib borar arosat sari...

Yo bo'lmasa undan ham nari....
Arosat sari?Arosat bu mavhumlikmi?Chegarasizlikmi?Na uyoqlik,Na bu yoqlik deganimi?Nima deb o'ylisiz?


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 06.05.2009, 22:41 | Сообщение # 3
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, To'g'ri men ham tushunmadim bu sherga.
Alisher aka, Nima ma'noni bildira bu sher, Bu she'rni mag'zini chaqishga meni aqlu farosatim yetmayti.
Ochig'ini aytgan yaxshida...


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Четверг, 07.05.2009, 09:06 | Сообщение # 4
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Gunohini orqalagancha
Ketib borar yolg'iz yo'lovchi.
Qaramaydi na yon na ortga,
Na aytuvchi, na yo'l so'rovchi.

Inson savob qiladi. Inson gunoh qiladi. Begunoh insonni esa topish qiyin.
Gunohlarimizdan kechish uchun Allohning birgina rahmati yetarli, lekin gunohimizni bilsakda tavba qilmaymiz, dardimizni ichimizga yutamiz. Birovdan maslahat ham so'ramaymiz, Birovdan o'rganmaymiz, ibrat olmaymiz. O'z dardimizga o'zimiz qovurilamiz.

Quote (Kumush)
Ketib borar jim-jit, egik bosh,
Yuzida bor na bir alomat,
Ketib borar sukunat kabi,
Unga kelgan ne bir malomat?

Bunday insonni ko'rganda hammaning rahmi keladi. Unga yordam bermoqchi bo'lsa ham unga yurak yutib yaqinlasha olmaydilar.

Quote
Ketib borar ko'zlari ma'nisiz,
Qadam sharpa bermas toshda ham.
Misli qadam tashlagan soya,
Tana unga ergashgan qalam.

U esa soya kabi sharpasiz, o'zi esa soya kabi e'tiborsiz ketib boraveradi. Uni hech kim sezmaydi. U hech narsadan umid kutmaydi. Uning uchun hammasi tugagandir...

Quote (Kumush)
Umidini yo'qotib qoyib,
Ketib borar arosat sari...

Bu inson gunohlaridan tavba qilgan bo'lsada umidini ham yo'qotgan. Endi gunoh ham, savob ham qilmaydi. U na Jannati, va na Do'zahi.... Uning manzili Arosat.
Alloh arosatdan o'zi saqlasin.

Bilmadim, nima uchun yozdim, lekin yozgim keldi. Ma'no esa she'r tugagandan kein chiqdi...


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz