Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Ishq sayyodi.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 152
IP

 O'zbek shoirlari ijodidan. - Страница 4 - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 4 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
Модератор форума: Alisher  
O'zbek shoirlari ijodidan.
DurbekДата: Суббота, 14.03.2009, 13:22 | Сообщение # 46
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
DARS BERING!

... Dunyoning jamiki yo‘lini ko‘rdik,
Endi bir pokiza yo‘lni ko‘rsating.
Yolgon tarixlardan yuzimiz burdik,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

O’rgandik jadvalning ne bo‘lsa qismin
Xatto bilib oldik hayvonlar jismin.
Va le bilmay o‘sdik Allohning ismin
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Tarix-u, jugrofiy, kimyolar yaxshi,
Ko‘zimiz ilgamas dunyolar yaxshi,
Aljabr fanidan baholar yaxshi,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Angladik iymonsiz fanlar mo‘rtligin,
Go‘yo darvozasiz, shohsiz yurtligin
Bildik ikki karra ikki to‘rtligin,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Bugun boshimiz xam, barcha tan olmish,
Ustimizdan ming-ming togutlar kulmish,
Hamma ilmlarning asosi bo‘lmish
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Aziz muallima, muhtaram ustoz,
Abadiy do‘zaxdan bo‘laylik xalos,
Kuniga bitta dars, mayli zarra, oz...
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Asli iymon bila islom sharafdir,
"Alloh - bitta!" degan kalom sharafdir,
Dunyoning darslari bo‘lak tarafdir,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

Bu ilm farz bo‘lmish har yigit-qizga,
Bu yo‘l Allohimdan omonat sizga,
Yarashmas ushbuga hiyonat sizga,
Iymondan dars bering, islom o‘rgating!

H.Hamidov


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Вторник, 17.03.2009, 12:00 | Сообщение # 47
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Ahli forumdosh.
O'zbek adabiyoti va san'atiga bo'lgan qiziqishingizni ko'rib mamnun bo'ldim.
Albatta, bu mavzuni cheksiz va cheksiz davom ettirish mumkin. Lekin, baribir tugata olmaymiz, zero O'zbek adabiyoti tuganmas boylikdir.
Shunday ekan, mavzularimizga yanada uyg'unlik berish maqsadida, har bir muallif uchun alohida mavzular ochishni va muhlislar mana shu mavzularda suhbatni davom ettirsak degandim.
Sizlarning takliflaringizni kutib qolaman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Вторник, 17.03.2009, 15:12 | Сообщение # 48
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Men seni injitmayman,
Valekin tinchitmayman.

Charx urib bo’zto’rg’ayday bo’zlashim bor boshingda,
Ey sochlaring to’lqini tun singari sim-siyo,
Xol kabi paydo bo’lgum yanog’ing yo qoshingda
Ey izlaring g’ubori ko’zlarimga to’tiyo.

Saratonda sel bo’lib
Lolazor yaratgayman.
Qahratonda yel bo’lib
Gul atrin taratgayman.

Yo’l yurib cho’llab qolsang,
Shildiragum buloqday.
Yoki dashtga yo’l solsang
Yastangayman o’tloqday.

Istab qolsang soyabon,
Men darrov chinor bo’lgum.
Cho’mar bo’lsang nogahon
Men darrov anhor bo’lgum.

Kezar bo’lsang bog’ingda
Pichirlagum misli barg.
Kyib sening dog’ingda
Bo’lmasaydim juvonmarg.

Bu dunyoda hech kim yo’q senga menday mahliyo,
Umidim bor qaragung axiyri qiyo-qiyo.

Erkin bo’lib saharda
Gulzoringda kezurman.
Qo’shiqlarim avj parda
G’unchalaring uzurman.

Nasim kabi sezdirmay
Kiprigingga to’qingum.
Ozor bermay, bezdirmay
Suratingga cho’qingum.

Qush bo’lib qochar bo’lsang tarlon bo’lib quvgayman,
Tog’larda sharsharadek g’uboringni yuvgayman.

Har mushkul, har xatarda, har balodan saqlagum,
Qayrilsang, qayrilmasang o’lguncha ardoqlagum.

Tong payti yulduz misol oq siynangda yongayman,
Yomg’irda kamalakday yuz rangda tovlangayman.

Ko’rkingga tikilgayman to ko’zimda bor ziyo,
O’zing bilmaysan senda shunchalar mehrigiyo.

Men seni injitmayman,
Valekin tinchitmayman….

Mirtemir


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 17.03.2009, 15:18 | Сообщение # 49
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Assalomu alaykum! Bu taklif menga ma`qul. Buni qanday amalga oshiramiz: davr-davrmi, yoki yana boshqa taklifingiz bormi?
har bir shoirni alohida mavzu qilish qiyin bo`lsa kerak, buning ustiga, ba`zi shoirlarning bir-ikki she`rini kiritgimiz kelsa-chi?!!!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Среда, 18.03.2009, 08:31 | Сообщение # 50
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Mashhura, Ijodiga qarab ajratamiz. Masalan, Navoiy, Hayyom, Bedil, Erkin Vohidov, Muhammad yusuf (bor) va hakazo. Qolganlarini esa ushbu mavzudan aniqlaymiz.

Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
DurbekДата: Воскресенье, 22.03.2009, 14:50 | Сообщение # 51
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
O’LIMNING VASFI

Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik,
Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim.
Oxiri barchamiz xulosa qildik:
"Eng katta mav’iza aslida o‘lim!"

U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan,
Istagan paytida buyurar tashrif.
Faqat o‘lib ketgan insonlargina
Unga aytolurlar xolis bir ta’rif.

Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov,
U birovga kelmas ikki bukilib.
O’lim dunyodagi eng noqulay yov,
U urush ochmagay vaqt e’lon qilib.

Qur’onda ta’rifi kelganidek, u
Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan.
Dunyoning yuz karra chempionin ham
Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan.

O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar,
U bizga tegishli bo‘lmagan olam.
Indamay bosh egmish sohibqironlar,
Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam.

O’lim kelganida qolmay bittamiz,
Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning.
O’lim sharbatini totmog‘ligimiz
Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning.

O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan,
Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu.
Baqirtirib jonni sug‘urganida
Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u...

Odam Ato tushgan davrdan buyon
O’lim savdosiga izn berilgan.
Qanday mavqelarda yashamasinlar,
Barchasi qabrga bir-bir terilgan.

Alloh elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.

Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...

H.Hamidov


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Суббота, 04.04.2009, 11:32 | Сообщение # 52
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Muhammad Yusuf hotirasiga

Bir arsloni o'tdi Uzbekning
Ohi ko'kka etdi Uzbekning
Quyosh yig'la,osmon aza tut
Muhammadi ketti Uzbekning

Baland ketti,shoniga ketti
Jannatning ayvoniga ketdi
Turk yukini yelkalashay deb,
Yassaviyning yoniga ketti!

X.Xudoyberdieva.

Добавлено (04.04.2009, 10:32)
---------------------------------------------
Pahlavon Mahmud

Kim ko'rnamagu Xaq bexabar bo'lsa yomon
Orif kishi unga barobar bo'lsa yomon
Eski ekani libosni hech aybi emas
Libosning uzida ayb agar bo'lsa yomon.

Kimni qarama, katta gapirgay so‘zni,
Tortishni tilar guldek o‘ziga ko‘zni.
O’z soyam ila so‘zlashaman men tunu kun,
Ko‘rgan kabi oyinada go‘dak o‘zni.

Tuproq to‘shagida yotgan ko‘p ko‘rdim,
Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim,
Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda,
Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim

Aytmay sira olma kishining uyiga yo'l
Qadringni tushirma uzatib noniga qo'l
Minnatli kabobidan birovning doim
Qoq non ila suvingni baland qo'yguvchi bo'l


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 15.04.2009, 22:06 | Сообщение # 53
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
QIYOMAT

Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab
Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish.

Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun
O’ziga bir bora bermagan savol:

"Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go‘zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat,
Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi,
Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"

Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun,
Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan
O’g‘illari uchun, qizlari uchun...

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la,
Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud.

Nardadan boshini ko‘tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan xitobin:

"Ular o‘zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat,
Ularni iymon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak
Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos.

Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi,
Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar
Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun
Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar,

Hali bu ketishda vazifalar ham
O’zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baxt".

Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o‘shanday jins almashtirganlar.
H.Hamidov


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Сообщение отредактировал Durbek - Среда, 15.04.2009, 22:07
 
KumushДата: Суббота, 18.04.2009, 14:38 | Сообщение # 54
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Zulfiya
SEN QAYDASAN YURAGIM

Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz...

Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.

Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.

Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim
Ta’na qilar. Netay men?

Sovush bermaydi menga
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.

Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 22.04.2009, 09:55 | Сообщение # 55
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
QIZ VA SHAMOL HAQIDA ERTAK

Dardlarimday uzun ko'chani
Oyoqlaring sasi o'padi.
Uxlab qolgan oydin ko'chani
Uyg'otadi sochlaring hidi.
Uzoqlardan senga izma-iz
Oshiq shamol ergashib kelar,
Yolvoradi u senga unsiz,
Yolvoradi tungi maysalar.
Ko'zlaringga oy boqar qonib,
Ko'zlaring oy nuriday toza.
Mana kelding -
Bo'g'ilib, yonib,
Seni yutar ko'hna darvoza.
Shamol esa ko'chada qolar,
Qilt etmaydi,qanotlari tinch.
Parcha-parcha bo'lib sinadi
U ko'tarib yugurgan sevinch.
Va labdagi bo'sa hididan
Mast bo'lgancha chayqalib behol,
Qayrag'ochga ko'ksini bosib,
To'lib-to'lib yig'laydi shamol.

Xurshid Davron


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AfsonaДата: Среда, 22.04.2009, 20:17 | Сообщение # 56
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
СЕНСИЗ
Мана бир умримни яшадим сенсиз
Кайтмас шодликларнинг кайтишин кутиб
Тобутинг бошида чукканимда тиз
Фарзандлар кутарди кулимдан тутиб
Шундан бери тикман хар неча калкон
Бахтга,бахоргаям,кишга кайгуга
Биров азасига йигладим кон кон
Туйига куларман ухшаб охуга
Лекин колганимда,калбимла танхо
Туйгулар зорига солганда кулок
Узни заиф,чанкок сезганда гохо
Аламдан берраман жавобсиз сурок
Тирик экан нега ташлаб кетмадинг?
мендан нафисрокнинг хуснига ошик
Мендан еникроги тортмади сени
Энди нигохингга бор жаннат очик.
Сени мажнун этиб бир ер гузали
Нега мени ташлаб кетавермадинг
Тирик айрилишнинг доги огирмиш
Хурлар кемирармиш,умрни чойиб.
бу мудхиш эговга берармиш туриш
Кетсанг хам менга жон туйгунгдан айниб
билардим кандайдир оласан нафас
Мураккаб бу дуне,сен чун хам тирик
Сенга ед ношудлар,тунд рухлар кафас
Бугунги кадаминг кечадан йирик
Нега нега мени ташлаб кетмадинг?
Биламан рашк мени этарди халок
Афзал курганингни каргаб утардим
Изингдан юрмасдим соядай гамгин
Лекин ишк хакила магрур кутардим
Хаетда колардинг мен учун тирик
(ЗУЛФИЯ)


ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
DurbekДата: Пятница, 24.04.2009, 20:17 | Сообщение # 57
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
KAMTARLIK HAQIDA

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov

P.S. Mening eng yaxshi ko'rgan she'rlarimdan bittasi


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AfsonaДата: Среда, 06.05.2009, 23:57 | Сообщение # 58
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
ХАЕТ КУШИГИ (Б. Бобомурод)
Пайгамбарлар утди, утди валилар,
Шоху беклар утди, утди ганимлар.
Алар ахир энди кайда, канилар
Улмайдиган одам борми дунеда?!
Казо давосини уйлай уйлай жим,
Утди Ибн Сино, Лукмони хаким
Кочиб кутулолмас ажалдан хеч ким,
Улмайдиган одам борми дунеда?!
Мурт эрур тандаги иссик жонимиз
Бекор булур бир кун бор имконимиз
Такдирнинг омонат бир инсонимиз
Улмайдиган одам борми дунеда?!
Нукта куйилмасдан умр сатрига
Тирикликнинг етмок керак кадрига
Ким туйибди хает гулин атрига
Улмайдиган одам борми дунеда?!
Яшасак- номимиз суйланиб колсин
Мехримиз, едимиз суйланиб колсин
Улим хам бир лахза уйланиб колсин….
Улмайдиган одам борми дунеда?!


ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
  • Страница 4 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz