O'zbek shoirlari ijodidan.
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 17:15 | Сообщение # 31 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Ertaksevar jonim, Sen meni o’ldirmoq istaysan. Men ming bir kecha ertak aytaman, Ming bir kecha Birinchi nigohning ertagini. Ertaksevar jonim Meni o’ldira qol. Ammo takrorlab aytaman – Ko’zlarning ilk uchrashuvidan boshqa Muhabbatning ertagi yo’q. U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 17:20 | Сообщение # 32 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| To’y. Nahorgi osh Shafaqning bir parchasin uzib, Qaladilar tongda o’choqqa – Qozonning tinch uyqusin buzib, Olov yondi – sig’may quchoqqa. Xush mezbonlar turdilar qator, Mehmonlarning hurmati sabab. Chorpoyada tamburu dutor Hazin o’git boshladi …. Yorab! Derazadan – parda oralab – Kimdir boqdi hovliga betin… - Qanday g’amgin qo’shiq taralar – Yomon bo’ldi bizga, azizim! To’yimizni o’tkazing besas – Yoningizda o’ltiray yashnab. Faqat maqom bo’zlamasa bas, Men siz bilan ketaman yashab. U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 17:51 | Сообщение # 33 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Qor yog’ardi bo’ralab Qolishmasdi dovuldan To’yga aytib ketishdi Shundoq qo’shni ovuldan. Yo’lga tushti ikki chol, To’yga borish- qarz beshak, Birovi otga mindi Birovi mindi eshak. Qor-chi hamon yog’ardi Yog’ar edi gupillab. Yo’lni eshak boshladi, Ot ergashdi lo’killab. Gap boshladi ikki chol, Suhb u yoq bu yoqdan O’tgan-ketgan baland-past, Goh kala goh tuyoqdan. Suhbat degan soz narsa Qolmasang bas surgashib, Yo’rg’alar eshak hamon Ot boradi ergashib. Asta-sekin kun qaytar Ufqlarda o’chgan rang Qor oralab qaydadir Bir yulduz chaqnar arang. Cholar-chi hamon yo’lda Suhbat o’sha-o’shaydi. Biri dedid oqsoqol Kun botganga o’xshaydi. Biri dedi ey usta Ko’zdan qolibsiz butkul. To’rt chaqirim ovulga Nahot yursak bir kun yo’l. Ammo bu gap rost edi Yulduzlar chaqnar bot-bot Oldinda eshak borar, Orqada lo’killar ot. Ovuldan-chi darak yo’q Qalin oppoq qir-qiya Adashib ketdikmikan Kupa-kunduz kuniya. Gap bosdimi yo g’aflat Tavba bu qandoq o’yin. Qor tindiyu chollarning Ichiga kirdi quyun. Qora qishda to’y qilmay Battar bo’lgur nokas, gov, Bachchag’arning aslida Fe’li sovuq ediyov. Qaydadir cho’zib-cho’zib uvlab qoldiku qashqir aytingchi bu dam Kim ham tashvishga tushmas axir. Xususan, keksayganda xafa bo’lib ketasan Aytaylik o’sha qashqir G’ajib ketsa netasan. Qora sovuq Tish qayrab Qovurg’ani ezardi Keng sayhonda ikki chol Yo’l axtarib kezardi. Yo’l qayoqda to’rt taraf Qalin oppoq qor edi. Eng battari sovuqda Jon saqlash dushvor edi. Ne bo’lsa ham topshirdik Yaratganning o’ziga Tavakkal deb ot boshin qayirdilar iziga. Peshonada borini ko’rar inson degan zot. Yo’l soldilar qaygadir Ot boshin qo’yib ozod. Bir kor-hol bo’lmay endi Uyni topib borsak bas. Yo’rg’alaydi ot horg’in Orqada eshak besas. To tonggacha ikki chol Yurdi turdi surindi Uzoqlarda bir mahal Qora narsa ko’rind. Bo’g’oti bor haytovur O’xshab turar qishloqqa Xudoga ming shukur deb Yurdilar o’sha yoqqa. Tuman ichra dov-daraxt Turar edi yaltirab Tongga yaqin qishloqqa Kirishdilar qaltirab. Tugagandi bardosh ham Tugagandi bor sabot Yetmay bir darvozaga To’xtab qoldi sho’rlik ot. Joy so’raylik naryog’i Bir gap bo’lar oqsoqol, Qamchin Bilan taqa-tuq Darvozani qoqdi chol. Izg’irin-chi izg’irdi Yeru ko’kka berib tus Bir kampir chiqdi shut ob Qo’lida xira fonus. Gap boshladi chol titrab Halqumiga kelib jon. Bir kechaga bizlarga Joy bersangiz yangajon. Qora quyun charx urib ko’z oldida tutardi kampir kelib yaqinroq fonusini ko’tardi. «hoy bu senmi yeryutkur Imoningdan kechdingmi Aljiraysan yo to’yda Aroq-paroq ichdingmi» Alqissa shu ot yo’lni Uy tomon burgan ekan. Chol-chi o’z kampiridan Joy so’rab turgan ekan. A.Oripov
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 17:56 | Сообщение # 34 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Bu ko'ngil honaqosida Mendek adoni sezmassan. Qandoq g'ofil Majnunsanki, Behud Layloni sevmassan! "Ishq"-deysanu, Dunyo gulin Etagidan qo'l uzmassan; Tort qo'lingni halos bo'lmay- Holis dunyoni sezmassan! U - gul nima? U gul qondir,u gul tandir ul qotilbash. Ki men - Ishqman! Yerga tushgan Nuri Xudoni sezmassan! Vafo menda,jafo menda, Bag'ir menda, olov menda. Oshiq ahli zor izlagan - Durru ma'voni sezmassan!.. Ketib mendan atrofingda Agar yuz yil devor qursang- Bir "Oh" ila buzajakman, Ajib paydoni sezmassan! ...Seningdek g'ofil dunyoni Bossa tug'yonim to'foni, Yana ishqqa qaytajakman - Sen bu safoni sezmassan... ...Bu ko'ngil honaqosida Mendek adoni sezmassan... Z.Mirzo
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 17:59 | Сообщение # 35 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Orzu Maqbaralar qurdirsa begim, Ruhim kelib parvona bo’lsa. Topilmasa dunyoda tengim, Mumtoz Mahal kabi sevilsam. Tuproq bo’lib yuksalsa tanim, Gul bo’lib gulzorga qo’shilsam. Hech bo’lmasa eng so’nggi onim, Mumtoz Mahal kabi sevilsam. Bo’lmasa ham saroyga daxlim, Muhabbati shohona bo’lsam. Tavof qilsa oshiqlar ahli, Mumtoz Mahal kabi sevilsam. Bir ishq bersa menga Xudoyim, Podshohni qul, qulni shoh qilsam. Osmonlarga sig’masa oyim, Mumtoz Mahal kabi sevilsam. Garchi undoq oroyishim yo’q, Shabnamdddek gulkosaga to’lsam. Malikalik farmoyishim yo’q. Mumtoz Mahal kabi sevilsam. Jahon ichra jahon bo’lardim, Faqat ishqni, Xudoni balsam. Bo’lmas edi zarracha gardim, Mumtoz Mahal kabi sevilsam. G.Asqarova
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 18:02 | Сообщение # 36 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Dard Chorasizlik shu-da bechoralik shu: Tushingga izlaysan ta'bir va ma'ni. Ammo tushga kirmas - senga qorong'u - Ichingda qanday dard pishayotgani. Buni g'animga ham ko'rmasman ravo, Dushmanim holiga achingim kelmas. Bu ham qara kasal, bu ham bedavo, Ammo, ming afsuski, muhabbat emas. I.Mirzo
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Durbek | Дата: Суббота, 07.03.2009, 10:48 | Сообщение # 37 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| QUTQARURMISIZ?! Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr, Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr. Yaqinlashmoqdadir tobora qabr, Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?! Talay odamlarga yo‘liqdim, ular Katta va’dalar-la do‘stlarim bo‘lar, So‘ng tinmay pinxona g‘iybatim qilar, Meni bu kulfatdan qutqarurmisiz? Ahlimga boqaman, nigohi yomon Qalbidan sizilib chiqqanda gumon... Ahdlasha olmasak, bu qanday zamon, Meni bu ofatdan qutqarurmisiz? Jujuqlarim yig‘lar istabon saboq, Men ular oldiga qo‘ygum qo‘g‘irchoq... Shaytonning aytgani g‘olibdir bu chog‘, Meni bu da’vatdan qutqarurmisiz? Oxirat qayg‘usi yo‘qolib qolsa, Go‘zal sanamchalar ko‘nglimni olsa, Dunyoning ishlari ajabga solsa, Meni bu hayratdan qutqarurmisiz? Eng so‘nggi ishonchim qaygadir tashib, Iymon qochib ketsa tog‘lardan oshib, Uning ortidan zor ketsam ergashib, Meni bu g‘ayratdan qutqarurmisiz?! Hayot davomiga yetmasa ko‘zim, Tig‘dek botmasa gar aytilgan so‘zim Boshqara olmasam o‘zimni o‘zim Meni bu hasratdan qutqarurmisiz? ... Bu kunga chidam yo‘q, yo‘q erur sabr, Tushimda qiynoq bor, o‘ngimda jabr. Yaqinlashmoqdadir tobora qabr, Meni bu fursatdan qutqarurmisiz?! Hayrulla Hamidov
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 07:45 | Сообщение # 38 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Hali yo’l tosh emas, Hali yo’l tuproq. So’qmoq tirik so’qmoq! – Yam-yashil o’tloq. Orzular baxmaldir, Yuraklar seldir. Dunyo – xizmatkorim! Buyuk ishq keltir!... Uyalib o’tadi, Kulib o’tar ishq. Bir qayg’u vujudga Kiradi elas… Sevgi – hali qayg’u, Falokat emas… U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 07:46 | Сообщение # 39 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Dunyoni to’zitdi Tunda Tiramoq… Tongdanoq Hovlini etding sarishta. Qoqib-sidrab Berding uyingga oro – Mehmonga kelgusi go’yo farishta. Ko’zga surma qo’yding, Yuzingga g’oza, Koyiding kuzakning tinmasligini. Uzzukun Ochilib turdi darvoza – Hyech kimga aytmading Kelmasligimni… U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 07:48 | Сообщение # 40 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Umrimizda hech narsa Bo’lgani yo’qmi sodir? Kelgin, seni shu tarzda E’zozlashga men qodir. G’amdan ko’zimni uzmay, Tik boqaman – botirman… Hyech narsani unutmay Yashamoqqa qodirman. U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 07:50 | Сообщение # 41 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Javonlarda idishlar yangi, Yangi rangda tovlanar devor. Yangilikni ro’molday tang’ib, Ivirsiydi xonada ro’zg’or. Uyimizda salqin ustuvor – Past kelmaydi sovutgich yozga. Sprilar uy. Kechagi g’ubor Xokandozga tushadi asta. Xirgoyida bilmaganim kuy – O’tgan g’amning so’kilgan choki. Qaytib kelar uydan ketgan uy – Oshxonada oy ichar sokin. Yengil tortib – arib eskidan – Charaqlaydi ro’zg’orim manim… Karavotda yotar yuztuban Ildiz otib horigan tanim. U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 07:51 | Сообщение # 42 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| O’tgan kunlarim Yelkamga bosh qo’yadi mayin. O’tgan kunlarim- sensan. Bugunim – Mendan xafa, Jimgina yig’laydi burchakda. Bugunim - sensan. Ertangi kunimda esa – Hech narsa yo’q. U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 07:54 | Сообщение # 43 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Vaznlar haqida ilmiy ish Seni kuylamoqqa «barmoq» soddadir, «Aruz» ohangida o’zga til yuqi. Olifta «sarbast»ning siri yoddadir, «Mansura» - nasrning adashgan yuki. Yuragim sezmoqda – vaznlar o’zga, Ismingni so’zlarkan yurak yorilar – Umr – bir tomchi yosh – urilar ko’zga… Shu vazn shashtida she’rga borilar U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 07:56 | Сообщение # 44 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Kunduzlar kechaga aylanib qoldi, Yana boshimizga yugurdi to’fon. Sendan ayrildim-u sen bilan qoldim, Yomon. Yomon, yashash mengzar bosinqirashga, Ko’zingda yosh yo’qdir yig’lamoq bo’lsang. Yurakni otsang-u qirg’in taloshga O’lsang. O’lsang. Shunday o’lsang, shu qadar o’lsang, Dunyoda qolmasa, bir tola sezging. Faqat bosh tortsa bas seni ko’mishdan Sevging… U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Четверг, 12.03.2009, 08:07 | Сообщение # 45 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Gumrohlar kuladi: «Kurashdim… yengdim!.. Zo’rga oshno bo’ldim, omadga mahbub…». Men esa angladim: Yengganmas hech kim! G’olib yo’q! – Hammamiz mag’lubmiz, mag’lub! Men esa angladim: Osmon moviymas, Tosh emshoq – Bemalol yeyaver tishlab. Bildim dushman emas dushmanga bir kas, Haqiqatni esa bo’lmaydi ushlab. Angladim, Men seni sevishim kerak, «Ketma», deb yig’lashim kerak zoru zor. Boshingni yelkamga qo’ysang-chi, tentak… Axir, o’lim bordir, O’lim bordir. Bor… U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
|