Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Ishq sayyodi.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 152
IP

 O'zbek shoirlari ijodidan. - Страница 2 - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 2 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • »
Модератор форума: Alisher  
O'zbek shoirlari ijodidan.
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:20 | Сообщение # 16
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Istasang toza ko’ngilga qo’nmasin zarra g’ubor,
Pok so’zu pok ish va pok dil, pok xayol bo’lmok kerak.

Jismu jonimga desang, begona bo’lsin xastalik,
Ishq zavqu dardi birlan xastahol bo’lmoq kerak.

Qalbga istarsan shifo gar, bul yomon so’zdan yiroq,
Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo’lmok kerak.
E.Vohidov


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:22 | Сообщение # 17
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Quloq soling menga yaxshi qiz biroz,
Dilimni ochmoqchi bo’lyapman sizga.
Tunov kun bir do’stim meni dabdurust
Aybladi sevgisizlikda.

Bexabar emishman muhabbatdan men,
Qalbimda ishq emas, bor emish ilon.
Isbot, qizlar bilan yurmas emishman,
Sirlashmas emishman har kimlar bilan.

Yetmasmidi o’zi qalbdagi to’lqin,
Yetmasmida o’zi shuncha shodlik, g’am.
Kul bosgan otashni qo’zg’ading nechun
Sevgi kerakmidi senga do’stginam.

Sevaman tinch oqshom, yulduzli tunni,
Sevaman sayrasa, qushlar butartib.
Sevaman oromni, suronni, lekin
Men uni sevardim bulardan ortiq.

Xuruj aylaganda bedavo firoq,
Achchiq alam ichra yonsam tutoqib,
O’limni jonimdan sevaman biroq,
Men uni sevardim o’limdan ortiq.

Ammo hayot oqar o’z bilishicha,
O’zganing yuragi senga bo’ysunmas.
Sevsangu sevsangu sevilmasang gar,
Bundan qayg’uliroq qayg’u topilmas.

Nima kerak menga ishq, muhabbatni,
Yana o’zga qizdan talab aylamoq.
Munosibdir menga ishqsiz hilvatni
Mening nomim bilan balki boylamoq.

Yaxshi qiz, xayolga toldingiz nechun,
Nechun ko’z yoshingiz tomdi yo’limga.
Sevgisiz odamga achinmoq nechun,
Ko’z yosh yo’l topolmas mening dilimga.

Xayr,
Endi chiqay oydin ko’chadan
Eshitilsa agar bir yolg’iz qadam.
Ajablanmang asli u sizga tanish –
SEVGISIZ ODAM.
A.Oripov


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:26 | Сообщение # 18
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
YOSH O`ZBEK SHOIRLARIGA
So`zlarni qayraylik,
obdon toblaylik,
idrok-la sovutib tag`in qayraylik,
O`zbekning qorako`z bolalariga
bitta dunyo qolsin hayratlik.
Bitta dunyo qolsin mustahkam,
eshilgan po`latday daryolar qolsin,
Chaqilmas toshlarday bir tog`lar qolsin,
musaffo xayollar,
samolar qolsin.
So`zlarni qayraylik,
do`stlar, jo`ralar,
g`aflat to`shagida yotmay, shoshaylik:
yashamoq, kurashmoq, o`lmoq sirlarin
bolakaylar uchun ochaylik.
Bitta dunyo qolsin mustahkam,
unga posbon bo`lsin o`tkir she'rimiz,
tokim bu daryolar bemalol oqsin,
bolalarga qolsin jannat yerimiz.
So`zlarni qayraylik,
tag`in qayraylik,
tokim keskir bo`lsin bamisli olmos.
O`tkir so`z qolmasa shoirlaridan,
o`tkir so`z qolmasa...
hech narsa qolmas.
Sh.Rahmon


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:29 | Сообщение # 19
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Men kimman, bir ko‘ngil quliman xolos,
Dardini she’r qilgan shoirman, shoir.
Nahotki siz menga qilasiz havas,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir?..

Bir kuni uchrashmoq bordir qaytadan,
Qachondir yo‘limiz bog‘laydi taqdir.
Qolgan gaplarimni keyin aytaman,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir...
Muallifini afsuski bilmayman.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:30 | Сообщение # 20
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Balki sevgandirman...
Jismu
-jahonim
Sovurib o'tgandir siz aytgan shu G'am
O'chib ketmasidan dunyodan nomim
Bir yurak bo'lgandir,balki menda ham!?

Shu osmon ostida uchgim kelgandir
Sizdek kapalakka qo'shilib birdan
Ko'zingizni qo'msab o'pganman balki
Qaqragan giyohni ko'tarib erdan...

Toshni yorib chiqqan maysaga qarab
Torgina kulbamni bezatgandirman.
Turnalar tashrifin sevib qarshilab,
Bahorlarni yiglab kuzatgandirman!

Osmonu zaminning og'ushlaridan
titroqlar ko'chganda hasta bu jonga
Mo'jiza kutgandaybir lahza, bir dam,
Chopib chiqqandirman ochiq ayvonga...

Qo'shilib oqqanman shomlarga behol,
ruhim ajratolmay go'zal unlardan.
ko'z yorib tog'larga yastansa hilol
Hayot kutgandirman men ham tunlardan!

Balki xotirotning bir kunjagida
Sizni kutgandirman ma'yus va dilgir
Bu sevgi bolgandir shunday betama
Bu sevgi bolgandir shunday begidir...

Kuzgi hazonlarning ishqidek ma'yus
Kuzgi xazonlarning ishqidek halol
Bir ma'yus qalb bilan,parishon va jim
MEN HAM SEVGANDIRMAN
SIZNI, EHTIMOL...
Zebo Mirzo


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:32 | Сообщение # 21
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Imillab boradi yo'lda mo'ysafid,
O'tgan asrlarning hayoli boshda.
Yonida tipirlar nabirasi xit,
Qo'yvorsa yetgudek shahdi quyoshga.

Cholchi tutmish uning qo'lidan mahkam,
Nabira ko'zida andisha-yu zor.
Ota nabirangni ozod qo'y bir dam,
U hali uzoqqa ketmog'i darkor,

U hali nomingni ko'ksiga joylab,
Samolar qo'ynida urgusidir barq.
Uni qadamingga tashlama bog'lab,
Qo'yvor nabirangni otajonim sharq...

Abdulla Oripov


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:34 | Сообщение # 22
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Siz mendan hech narsa qilmaysiz talab,
Men sizdan hech narsa so'ray olmayman.
Siz ketma, demaysiz, men esa.. yo Rab
Qolgim kelsa hamki, qola olmayman.

Zotan, siz sevgiga, ishqqa tashnasiz,
Zotan, men mehrga muhtojman, zorman,
Bilmam: kimga do'stsiz, kimga oshnasiz,
Bilmam: kimga yorman, kimga darkorman.

Kunora ko'raman, salom berasiz,
Hatto jilmayasiz, qilasiz karam.
Men sizni sog'ina boshlagan kundan
buyon siznikiman, sizga man qaram.

Bir shu'la ko'raman ko'zlaringizda,
"Kim yoqqan olov bu?"- xatarli so'roq.
Begona ism yo'q so'zlaringizda,
Mening ismimni ham aytmaysiz biroq.

Vohid Luqmon


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:36 | Сообщение # 23
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
SHOIRONA TABASSUM

Azob berish suygan kasbingiz
Kulavering, yig'lasam yum-yum.
Menga qolsa sizning haqqingiz
Shoirona bitta tabassum.

Bir bo'salik qudratingiz bor
Kimligingiz, kimligim ma'lum
Keyin qilaveradi xumor
Shoirona bitta tabassum.

Ko'nglingizdan izladim najot
Ko'zlarimga sochmadingiz qum.
Meni tushunsangiz na hojat
Shoirona bitta tabassum.

Kurashaylik, bo'ling g'animim,
Yovlik bo'lsin biz uchun udum.
G'azab qiling, doim javobim
Shoirona bitta tabassum.

V.Luqmon


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:38 | Сообщение # 24
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
To'y
Bukun Gulning bolishlari ketmoqdadir,
Surnarning nolishlari ketmoqdadir.

Aravada yig'laydi Gul, atrofida,
Yangalarning koyishlari ketmoqdadir.

Bunda qolar bobosining choriqlari,
Momosining kalishlari ketmoqdadir.

Hovli qolar, suv qoladi, suvga boqib
Xayollarga tolishlari ketmoqdadir.

Mo'ltiraydi ota uyning uzumlari,
Bukchayishib voyishlari ketmoqdadir.

Aravada-yig'laydi Gul, bilmaydi Gul -
Bir dunyo dunyo ishlari ketmoqdadir:

Onosining o'n sakkiz yil kuyishlari,
Otosining yonishlari ketmoqdadir.
S.Sayyid


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:54 | Сообщение # 25
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Bir qanotim quyoshdan kuydi,
Yomg’irda ho’l bita qanotim.
- Yo’q uchaman! – o’zini qo’ydi,
Jar labiga o’jar hayotim.

Qanotimdan yodgorlik – qo’lim,
Qanday uchdik! Chaqmoqlarga teng…
- Sen qulading! – uqtirar o’lim,
- Uchdim! Uchdim!... – takrorlayman men.

U.Azim


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:55 | Сообщение # 26
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Meni tashlab ketmang
Do’stlarim – qushlar.
Mensiz samovotda
Ko’rmaysiz tushlar.

Sukutga boqasiz
Yurakni o’rtab.
Mensiz sizga hyech kim,
Aytmaydi erkak.

Vodiyma vodiy ey
Sargardon gala.
Mensiz uchmoqlik ham –
Chaladir, chala.

Aylanib manzilga
Yetganingiz on.
Taqdir ulashmagay
Ilohiy unvon.

Yigirma to’qqiz qush
Jaranglar xazin.
Semurg’ bo’lolmaysiz
Mensiz do’stlarim.

U.Azim


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 16:58 | Сообщение # 27
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Yo’lbars magar tashlansa qo’rqma,
Ilon chaqsa olma xavotir.
Bo’ri quvsa, tizingni bukma,
G’ayri bir hol bo’lmadi sodir.

Muncha yuksak aylagan parvoz,
Musichami? Dahshat-ku turqi.
Sen undan qo’rq va yana noxos
Irillagan quyondan qo’rqqin.

U.Azim


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 17:02 | Сообщение # 28
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Ariqlarda oqib borar oy,
Ariq borar fonus ko’tarib.
Oydin tunda – kechganicha loy,
Pishqirmasdan suv ichar poliz.

O, qanaqa ertakdan tushdi,
Yonarqurt-ku bu tirik olov.
Uning mitti shafag’in quchdi
Yulduz kabi to’kildi qirov.

O, naqadar farog’atda dil! –
Dil oy kabi sochadi ziyo.
Meni nega qiynading qirq yil,
Baxtli bo’lish oson-ku dunyo.

U.Azim


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 17:04 | Сообщение # 29
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Viqorlisiz o’zgalar bilan
Mag’rurlikning go’zal arshida.
Ammo ma’yus tortasiz erkam,
G’ussalisiz mening qarshimda.

Bosh egasiz munglig’ bir tarzda,
O’ltirasiz unutib o’zni.
Men bilan hyech tushmaysiz bahsga,
Aytolmaysiz keskin bir so’zni.

Umrim uzra uzun chaqinsiz,
O’zi yonib – topgan qanoat.
Yuragimga juda yaqinsiz
Hayotimdan olissiz faqat.

U.Azim


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 17:14 | Сообщение # 30
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Gulim…
Ko’chadan sotib oldim seni –
Qo’limga yarashiqsan.

Derazaga boqsam…
Ko’zimni quvnatib
Turasan endi.

Derazaga boqsam…
Gul ko’rinsa…
Yorilib ketmaydimi
Yuragim?

Ayniqsa,
O’ylasam,
Uni derazaga
Kim qo’ydi ekan deb…

Gulim.

U.Azim


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
  • Страница 2 из 4
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz