O'zbek shoirlari ijodidan.
| |
Bonu | Дата: Понедельник, 18.02.2008, 18:18 | Сообщение # 1 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Статус: Offline
| Muhammad Yusuf O`ZBEK QIZLARI Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin. Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin. Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan, Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan. Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan, Behuda izlamang sira izlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin. Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor, Dugonasi Hayo, dugonasi Or. Ayting, farishtadan nima farqi bor, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?.. Bardoshi oldida tog` — oddiy tuproq, Ular etagidan jannat bir qadam. Beayb Parvardigor, degandek biroq, Yoq emas kichkina kamchiligi ham. Sevadi, Kuyadi, Qiladi alam, Dorga osing, ammo aytmas birovga. Aytmay sevishini sevganiga ham, Tegib ketaverar boshqa kuyovga!
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
|
|
| |
Alisher | Дата: Вторник, 19.02.2008, 10:15 | Сообщение # 2 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Muhammad yusufning ijodini hurmat qilaman. Uning hotirasi uchun bir necha satr yozgandim: (Shoir Muhammad Yusufni eslab. Alloh rahmat qilsin.) Olloh dardni berib shoirga Taqdiriga yozib qo'yarmish: Qachon dardin she'r qila olsa Shundagina shoir o'larmish... Sarosima qilmang shoirlar, Dardimiz ming yilga yetadi. Faqat dardin bir baytga bitgan Muhammadlar o'lib ketadi. Alisher BEK. 4 sentabr, 2004 yil. Men sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmayman, Tunlari charog'on shunday shaharda, Hech kimga ko'nglimni yora olmayman. Men siz aytgandayin hammani sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim, Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat. Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon, Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan: Men - zangor yaylovda olis, bepoyon, Uyuridan ajrab qolgan qulunman... Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim, Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos. Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim, Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos. Va sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmasdan. Tunlari charog'on shunday shaharda Hech kimga ko'nglimni yora olmasman... Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb, Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib. Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb, Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf. Muhammad Yusuf
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Bonu | Дата: Суббота, 23.02.2008, 15:57 | Сообщение # 3 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Статус: Offline
| Muhammad Yusuf Biz bahtli bo'lamiz! Mayli-da, kimgadir Yoqsa, Yoqmasa, Ularga qo`shilib Yig`lasharmidik. Biz baxtli bo`lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa Uchrasharmidik? Rayhon hidlaringni Yo`llarimga sep, Kut meni, Har oqshom, Ko`kka oy chiqqan. Faqat, Yig`lamagin, Gunohim ne deb, Aybing - Onang seni Chiroyli tuqqan!.. Menga Bir tabassum Hadya et, ey yor, Nur tomsin Lablaring Sohillaridan. O`zing ayt, Senday qiz Yana qayda bor, Kipriklari uzun - Kokillaridan?.. Iymanib yashama Xayol pinjida, Yoyil, Yayra jonim, O`rtanma g`amda. G`iybatlarga chida, Tuhmatga chida, Sen bittasan, axir, Yorug` olamda. Men esa Oshig`ing sening - Eng g`arib. Tundan so`z Qarz olib, Tongga tutguvchi. Sening yonigda ham Seni axtarib, Sening yoningda ham Seni kutguvchi.
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
Сообщение отредактировал Bonu - Суббота, 23.02.2008, 15:58 |
|
| |
Abdulla | Дата: Воскресенье, 02.03.2008, 05:08 | Сообщение # 4 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 8
Статус: Offline
| OSHIQ BO’LIBSAN, BO’LMAG’IL G’OFIL Malaksan yo bashar, yo huru g’ilmonsan, bilib bo’lmas, Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo’lmas. Ajab berah dilbarsan, ajab sho’xi sitamgarsan, Charog’I husni ro’yingdin ko’ngulni ham uzub bo’lmas. Yuzungni oftobini ko’rub hayron bo’lub qoldim, Falakka qul uzotib, shamsi anvarni olib bo’lmas. Yuzung misli qizil guldur, ko’ngul chun bulbuli shaydo, Bu gulning ishqidin bulbul chamandin ayrilib bo’lmas. Kel, ey Mashrab, agar oshiq bo’libsan, bo’lmag’il g’ofil, Bu g’aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg’onib bo’lmas. Boborahim Mashrab sherlarini sevib o'qiyman,menga juda ham yoqadi.
Tug'ilish- o'limga qo'uilgan birinchi qadamdir!!!!
|
|
| |
Alisher | Дата: Понедельник, 03.03.2008, 09:37 | Сообщение # 5 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Abdulla, Mashrab ijodidan na'muna berganingizdan mamnunman. Alloh nasib qilsa, tez orada Boborahim Mashrabning boshqa she'rlarini ham sahifaga joylayman. Yordam berasiz degan umiddaman. Boborahim Mashrab ijodidan yana bir na'muna: Ortar. Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jonu jahon o'rtar, Bu ishq sirin bayot etsam, taqi ul xonumon o'rtar. Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon, Bo'lub besabru betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar. Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron, G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar. Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda, "Nigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o'rtar. Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, Tilim lolu ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar. Na qattig' kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo'lmoq, Mening ohim o'tig'a bul zaminu osmon o'rtar. Yurakda dardu g'am qat-qatki, menda qolmadi toqat, Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o'rtar. Bu dard ila xarob o'ldum, kelib holimni so'rmassan, Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o'rtar. Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig'a solma, Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o'rtar.
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Bonu | Дата: Пятница, 07.03.2008, 16:09 | Сообщение # 6 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Статус: Offline
| Jahonotin Uvaysiy KO’NGUL DOG’ O’LDI … Zamona kulfatidin bu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi, Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Jarohat bo’ldi bag’rim tig’I bedodi raqiblardin, Bu ko’tohfahm mardumdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yo’qtur, Hamesha zaxmi xorodin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo’q ogah, Qabihguftor mardumdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Ko’ngul qoni farog’I diydadin bir lahza band o’lmas, Vujudim iztirob aylab ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Turubdur bag’rim ichra qon misoli g’uncha, naylarman, Ochilmay gulsifat ushbu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. So’zimdin xotiring uzra gumone o’zga yetkurma Ki, izhor aylamay naylay, ko’ngul dog’ o’ldu, dog’ o’ldu. Men rasvoyi olamdin mabodo e’tiroz etma, Takallum birla shod ayla, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Ko’ngulni otashin bejo qilibdur nutqi guftori, Qayu bog’ andalibidin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Bu so’zni ayladi barpo ajab gustohlik birla, Maloli xotir o’lg’aymu, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Ajab ash’ori mavzun bog’ladi Vaysiy hasaddinkim, Umarxon zufununekim, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
|
|
| |
Alisher | Дата: Понедельник, 10.03.2008, 07:57 | Сообщение # 7 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Quote (Bonu) Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yo’qtur, Hamesha zaxmi xorodin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi. Juda chiroyli satrlar....
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Lincoln | Дата: Понедельник, 24.03.2008, 19:47 | Сообщение # 8 |
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 9
Статус: Offline
| Erkin Vohidov QARO QOSHING Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlima qasd qayrab — Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo’ymaysan. Qarab qo’ygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz. Добавлено (24.03.2008, 18:47) --------------------------------------------- Erkin Vohidov KIMNI ETMAS BU KO’NGIL SHAYDO Dunyo ekan... Ishq degan savdo Bormi faqat mening boshimda?! Kimni etmas bu ko’ngil shaydo, Kim she'r yozmas mening yoshimda?! Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga Hayotimning bo’ldi mazmuni. U qo’limga tutqazib qalam, Ko’zlarimdan oldi uyquni. Oldi butun fikru xayolim, Ketdi dildan orom, halovat. Sevgi butun borimni olib, She'r zavqini qoldirdi faqat. Borliq olam ko’zimga ming-ming Go’zallikka to’lib ko’rindi. Gullar menga oshiq bulbulning She'r daftari bo’lib ko’rindi... Ayb etmangiz, Do’stlar, bu savdo Bormi faqat mening boshimda? Kimni etmas bu ko’ngil shaydo, Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
[img]http://rb.foto.radikal.ru/0708/0e/fb0128dbe12f.gif[/img]
|
|
| |
Durbek | Дата: Понедельник, 26.05.2008, 23:40 | Сообщение # 9 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| O'ZBEK HAQIDA BALLADA Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo, O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Boshqa millatlarni bilmadim, ammo, Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek! O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun, O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun, Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek! Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on, Bir elkada ketmon, birida iymon. Barchaga barobar oftobsimon, Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek! Bobolari qaysi yigitlardan kam, Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham. Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam, To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek! Ehtirom etganga ehromlari bor, Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor. Beshik to'la jajji islomlari bor, Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek! Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad? O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib, Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek! Muhammad Yusuf Добавлено (26.05.2008, 22:40) --------------------------------------------- DALADA Qovushmagan ikkita taqdir. (Balki u ham o’zicha haqdir). Orasiga ikki egatni Atay tashlab o’tdi brigadir… Qovushmagan ikkita nigoh. (Balki savob bu, balki gunoh). Orasiga ikki egatni Atay tashlab o’tdi brigadir… Hamma qizning ko’zi ularda, Hammasi bir bo’lib o’ylardi. Orasiga ikki egatni Atay tashlab ketdi brigadir. Ikki egat oralarida, Ko’kka o’rlab ketguncha xirmon. Ikki egat oralarida Besh millionga yetguncha xirmon. Zorlanadi yalinchoq nigoh — Kel yonimga, birga teramiz. Unamaydi tortinchoq nigoh: — Odamlarga kulgi bo’lamiz… Muhammad Yusuf
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Mashhura | Дата: Понедельник, 05.01.2009, 13:43 | Сообщение # 10 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Tutqun tuyg`ularni ozod etar tun, Mot qilib hayoning hakamlarini. O`tli nafasingiz tinglamoq uchun Izlayman qalbingiz raqamlarini. Ismingiz chiqadi yurak qatidan, Ijobat istayman tilagingizga, Ko`ksimga ilingan gœshak – g`am bilan Qo`ng`iroq qilaman yuragingizga. Tun bedor, men bedor, tuyg`ular horg`in, Axir o`chgani yo`q tunchirog`ingiz. Ko`ksimga alamlar tiqilar toshqin, Nega band bo`ladi qo`ng`irog`ingiz. Doim band bo`ladi qo`ng`irog`ingiz, Kiprikka qo`nmoqda achchiq shabnamlar. Yana kimni ado qildi dog`ingiz, Yana kimga ayon o`sha raqamlar. Tunning bag`rin yorib yonaman endi, Hajringiz yoritar tunni bir lahza. Ayting, men bezovta qilayin kimni? Axir menda boshqa raqam bo`lmasa. Sh.Salomov
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Суббота, 17.01.2009, 11:21 | Сообщение # 11 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Мен эркак урнида туришим керак, Ё хотин измига юришим керак. Хотиннинг туй, лозим омадаси куп, Ха, деса лаббай, деб туришим керак. Ха, деса лаббай, деб туришим учун, Уйимда пул завод куришим керак. Уйимда пул завод кура олмасам, Энг катта банкани уришим керак. Энг катта банка хам кулдан келмаса, Ха, деса шалвираб туришим керак. Шалвираб турувчи эркак булгандан Йук булиб дунёдан куришим керак. Дунёда йук булиб кетмаслик учун Мен эркак урнида туришим керак. Яъни эркакларнинг ишини килиб, Мазза килиб шахмат суришим керак. Эркин Вохидов
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 16:10 | Сообщение # 12 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Arra tortmoqdamiz, arramizning tishi yo'q, Arrangizning tishi yo'q deb aytadigan kishi yo'q. Chunki biz ham anoyimas, pishib ketgan ko'zimiz, O'sha arra tortgan shoxda o'tiribmiz o'zimiz... Erkin Vohidov
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 16:12 | Сообщение # 13 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Uyingizni topib bormasin xatlar, Yomg'irlar chertmasin derazangizni. Sizga hamroh bo'lsin eng og'ir dardlar, Eng mayda g'amlar ham qiynasin sizni. Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin, Faqat stol suhbat qursin siz bilan. Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin, O't bilan yashamang, yashang muz bilan. Omadli yo'llarning izini tashlang, Omadsiz yo'llarda yuring adashib. Meni sog'inguncha siz shunday yashang, Men shunday yashadim sizni sog'inib. U.Azim
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 16:13 | Сообщение # 14 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| XIYONATLARDAN Jangda o`lgan emas biror bahodir, bari halok bo`lgan xiyonatlardan, toshday uxlaganda to`shlarin ochib yo zahar qo`shilgan ziyofatlardan. Biror asotirda bahodirlarni hattoki yuzboshli ajdar yemagan, ming bir sinoatli yalmog`izlar ham, tog`larni o`ynagan, devlar yengmagan. Bari halok bo`lgan xiyonatlardan, bariga orqadan sanchilar xanjar. Shunday bo`lib kelgan azalu azal mana shu jafokash, ko`hna Vatanda, Har gal bahodirlar yiqilar ekan kurakka sanchilgan nomard tig`idan, qayta tirilganda bo`lardi nogoh har bir bolakayning qorachig`ida. ishongil, hech qachon seni aldamas sofdil elatlarning asotirlari, birorta bahodir o`lganmas jangda, qo`rqoqlar o`ldirgan bahodirlarni. Shavkat Rahmon
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 16:18 | Сообщение # 15 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Eshiging ochildi, chehrangda yog’du, Lablaringga xiyol tabassum indi. O’sha yigirma yil avvalgi tuyg’u, Bir lahza yurakning urishi tindi. Qoshlaring yoyini tortdi taajjub, Shunchalar charaqlab boqdi qaroqlar. Ichkari yangi yil, archangda ajib Turli nurlar sochib yonar chiroqlar. Hayrating - kimnidir yodingga solar, Meni tanimaysan, bu men – qorbobo. Bahorni uyg’otib esganday bo’lar O’sha yigirma yil avvalgi sabo. Qo’llaring qaltiray boshlaydi bexos, Eshikka suyanib turadi hasrat. Qarshingda mung’ayib boqadi besas, O’sha yigirma yil avvalgi qismat. Sovuq. Tashqarida qorning quyuni, Ko’cha chiroqlari porlar, qahrabo. Qismat bo’ronida daydib uyingni Yigirma yil o’tgach, topdi Qorbobo. O’g’ling shodliklari sig’mas dunyoga – Qorbobo qopida sovg’alari mo’l. Deyman muztog’lardan o’tdim piyoda, Mana yigirma yil yurib keldim yo’l. Dasturxon. Qadahlar terilgan. Bayram. Ularda may kabi to’lgim keladi. Hamma narsa go’zal botartib biram, Archangga yurakni ilgim keladi. Qo’lingdan jaranglab tushadi qadah, Sindi oshkor etib qayg’uli sirni. Devorga bosh qo’yib tinglaysan nogoh, O’sha yigirma yil avvalgi she’rni: «Yulduzlar porlagan shu osmon haqqi, Ona zamin haqqi qasam ichaman. Sen mening qalbimda bir bora balqi, Istasang, she’rimdan men voz kechaman». Xayr. Nigohlari qismatday qora... Hamma narsa go’zal, dasturxon bayram. Men chiqib ketaman bo’ronlar aro, Kechalar boshimga yog’ar oppoq qor. O’g’ling ma’yus tortar, Savollar berar: - Oyi yig’laganday bo’ldi, ajabo, Uzoq o’tirmadi, qayerga borar Qopini qoldirib ketdi qorbobo. Sovuq. Muz kechalar ayoz qo’ynida, Ko’chalar chirog’i porlar, qahrabo. Tentirab yuradi qor quyunida Qayga borishini bilmas Qorbobo. Q.Norqobil
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
|