O'zbek shoirlari ijodidan.
| |
Durbek | Дата: Суббота, 14.03.2009, 13:22 | Сообщение # 46 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| DARS BERING! ... Dunyoning jamiki yo‘lini ko‘rdik, Endi bir pokiza yo‘lni ko‘rsating. Yolgon tarixlardan yuzimiz burdik, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! O’rgandik jadvalning ne bo‘lsa qismin Xatto bilib oldik hayvonlar jismin. Va le bilmay o‘sdik Allohning ismin Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Tarix-u, jugrofiy, kimyolar yaxshi, Ko‘zimiz ilgamas dunyolar yaxshi, Aljabr fanidan baholar yaxshi, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Angladik iymonsiz fanlar mo‘rtligin, Go‘yo darvozasiz, shohsiz yurtligin Bildik ikki karra ikki to‘rtligin, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bugun boshimiz xam, barcha tan olmish, Ustimizdan ming-ming togutlar kulmish, Hamma ilmlarning asosi bo‘lmish Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Aziz muallima, muhtaram ustoz, Abadiy do‘zaxdan bo‘laylik xalos, Kuniga bitta dars, mayli zarra, oz... Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Asli iymon bila islom sharafdir, "Alloh - bitta!" degan kalom sharafdir, Dunyoning darslari bo‘lak tarafdir, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! Bu ilm farz bo‘lmish har yigit-qizga, Bu yo‘l Allohimdan omonat sizga, Yarashmas ushbuga hiyonat sizga, Iymondan dars bering, islom o‘rgating! H.Hamidov
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Alisher | Дата: Вторник, 17.03.2009, 12:00 | Сообщение # 47 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Ahli forumdosh. O'zbek adabiyoti va san'atiga bo'lgan qiziqishingizni ko'rib mamnun bo'ldim. Albatta, bu mavzuni cheksiz va cheksiz davom ettirish mumkin. Lekin, baribir tugata olmaymiz, zero O'zbek adabiyoti tuganmas boylikdir. Shunday ekan, mavzularimizga yanada uyg'unlik berish maqsadida, har bir muallif uchun alohida mavzular ochishni va muhlislar mana shu mavzularda suhbatni davom ettirsak degandim. Sizlarning takliflaringizni kutib qolaman.
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Mashhura | Дата: Вторник, 17.03.2009, 15:12 | Сообщение # 48 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Men seni injitmayman, Valekin tinchitmayman. Charx urib bo’zto’rg’ayday bo’zlashim bor boshingda, Ey sochlaring to’lqini tun singari sim-siyo, Xol kabi paydo bo’lgum yanog’ing yo qoshingda Ey izlaring g’ubori ko’zlarimga to’tiyo. Saratonda sel bo’lib Lolazor yaratgayman. Qahratonda yel bo’lib Gul atrin taratgayman. Yo’l yurib cho’llab qolsang, Shildiragum buloqday. Yoki dashtga yo’l solsang Yastangayman o’tloqday. Istab qolsang soyabon, Men darrov chinor bo’lgum. Cho’mar bo’lsang nogahon Men darrov anhor bo’lgum. Kezar bo’lsang bog’ingda Pichirlagum misli barg. Kyib sening dog’ingda Bo’lmasaydim juvonmarg. Bu dunyoda hech kim yo’q senga menday mahliyo, Umidim bor qaragung axiyri qiyo-qiyo. Erkin bo’lib saharda Gulzoringda kezurman. Qo’shiqlarim avj parda G’unchalaring uzurman. Nasim kabi sezdirmay Kiprigingga to’qingum. Ozor bermay, bezdirmay Suratingga cho’qingum. Qush bo’lib qochar bo’lsang tarlon bo’lib quvgayman, Tog’larda sharsharadek g’uboringni yuvgayman. Har mushkul, har xatarda, har balodan saqlagum, Qayrilsang, qayrilmasang o’lguncha ardoqlagum. Tong payti yulduz misol oq siynangda yongayman, Yomg’irda kamalakday yuz rangda tovlangayman. Ko’rkingga tikilgayman to ko’zimda bor ziyo, O’zing bilmaysan senda shunchalar mehrigiyo. Men seni injitmayman, Valekin tinchitmayman…. Mirtemir
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Вторник, 17.03.2009, 15:18 | Сообщение # 49 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Assalomu alaykum! Bu taklif menga ma`qul. Buni qanday amalga oshiramiz: davr-davrmi, yoki yana boshqa taklifingiz bormi? har bir shoirni alohida mavzu qilish qiyin bo`lsa kerak, buning ustiga, ba`zi shoirlarning bir-ikki she`rini kiritgimiz kelsa-chi?!!!
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Alisher | Дата: Среда, 18.03.2009, 08:31 | Сообщение # 50 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Mashhura, Ijodiga qarab ajratamiz. Masalan, Navoiy, Hayyom, Bedil, Erkin Vohidov, Muhammad yusuf (bor) va hakazo. Qolganlarini esa ushbu mavzudan aniqlaymiz.
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Durbek | Дата: Воскресенье, 22.03.2009, 14:50 | Сообщение # 51 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| O’LIMNING VASFI Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik, Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim. Oxiri barchamiz xulosa qildik: "Eng katta mav’iza aslida o‘lim!" U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan, Istagan paytida buyurar tashrif. Faqat o‘lib ketgan insonlargina Unga aytolurlar xolis bir ta’rif. Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov, U birovga kelmas ikki bukilib. O’lim dunyodagi eng noqulay yov, U urush ochmagay vaqt e’lon qilib. Qur’onda ta’rifi kelganidek, u Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan. Dunyoning yuz karra chempionin ham Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan. O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar, U bizga tegishli bo‘lmagan olam. Indamay bosh egmish sohibqironlar, Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam. O’lim kelganida qolmay bittamiz, Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning. O’lim sharbatini totmog‘ligimiz Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning. O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan, Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu. Baqirtirib jonni sug‘urganida Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u... Odam Ato tushgan davrdan buyon O’lim savdosiga izn berilgan. Qanday mavqelarda yashamasinlar, Barchasi qabrga bir-bir terilgan. Alloh elchilari o‘ldilar, shuning O’zi yetarli bir hikmatdir bizga. Kuniga qabrga kirayotganlar Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga. Agar biz o‘limdan ibrat ololsak, Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi. O’limdan nasihat olmaganidan To‘xtasa yaxshidir inson yuragi... H.Hamidov
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Kumush | Дата: Суббота, 04.04.2009, 11:32 | Сообщение # 52 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Статус: Offline
| Muhammad Yusuf hotirasiga Bir arsloni o'tdi Uzbekning Ohi ko'kka etdi Uzbekning Quyosh yig'la,osmon aza tut Muhammadi ketti Uzbekning Baland ketti,shoniga ketti Jannatning ayvoniga ketdi Turk yukini yelkalashay deb, Yassaviyning yoniga ketti! X.Xudoyberdieva. Добавлено (04.04.2009, 10:32) --------------------------------------------- Pahlavon Mahmud Kim ko'rnamagu Xaq bexabar bo'lsa yomon Orif kishi unga barobar bo'lsa yomon Eski ekani libosni hech aybi emas Libosning uzida ayb agar bo'lsa yomon. Kimni qarama, katta gapirgay so‘zni, Tortishni tilar guldek o‘ziga ko‘zni. O’z soyam ila so‘zlashaman men tunu kun, Ko‘rgan kabi oyinada go‘dak o‘zni. Tuproq to‘shagida yotgan ko‘p ko‘rdim, Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim, Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda, Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim Aytmay sira olma kishining uyiga yo'l Qadringni tushirma uzatib noniga qo'l Minnatli kabobidan birovning doim Qoq non ila suvingni baland qo'yguvchi bo'l
Keldim...Kurdim...Sevdim...
|
|
| |
Durbek | Дата: Среда, 15.04.2009, 22:06 | Сообщение # 53 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| QIYOMAT Qiyomat yaqinlab qolgani ayon, Ayollar erlarning libosin kiymish, Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish. Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan Kunlar boshimizda turibdi qarang. Atrofning yalong‘och turgan holiga Ko‘taramiz xatto boshimiz arang. Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo Jannatning hididan voz kechgan ayol Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun O’ziga bir bora bermagan savol: "Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur, Yarasharmi menga shu yovuz xilqat? Ayollik libosin bir chetga otib Asl go‘zallikdan ayrildim faqat, Bolamning nigohi menga yovqarash, Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish. Men qancha urinmay, aslimdan shuncha Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush... Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat, Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo. Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi, Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???" Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa, Ushbu savollarni berardi bir tun, Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan O’g‘illari uchun, qizlari uchun... Afsus, ushbu holga faqat ayolmas, Balki erlarning ham ayblari mavjud. Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la, Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud. Nardadan boshini ko‘tara olmay, Ayollarga turmush yuklagan qopin Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga Ayturmiz olimlar qilgan xitobin: "Ular o‘zlarini erkak desalar, Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob, Chunki nikoh kuni bergan ahdiga Qilmishlar hiyonat, berolmay javob. Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat, Ularni iymon ham aylamish xalos. Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos. Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi, Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar, Hali bu ketishda vazifalar ham O’zgararmi ayol, er nasli uchun, Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi, Oyning otishi-la ochiladi kun... Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan, Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt. Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati Amriga binoan yashamoqlik - baxt". Hadisdan oddiy bir xulosam shulki, Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar Aslida qiyomat kunin tezlatar Ana o‘shanday jins almashtirganlar. H.Hamidov
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
Сообщение отредактировал Durbek - Среда, 15.04.2009, 22:07 |
|
| |
Kumush | Дата: Суббота, 18.04.2009, 14:38 | Сообщение # 54 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Статус: Offline
| Zulfiya SEN QAYDASAN YURAGIM Qalb bo’lganda yiroqda Iroda ekan ojiz. Do’stlar ham ko’p atrofda, Ammo men yakka-yolg’iz... Birdan qalbim keksarib, Qon ham qochdi yuzimdan. Sen, sirdoshni axtarib, Xayol ketar izingdan. Qayga ketding, yuragim, Bitdi bardosh va toqat. Suhbatingdir tilagim, Tilda hasratim qat-qat. Ko’pdir aytajak so’zim, O’gitlaringga zormen, Yig’laysan deb do’stlarim Ta’na qilar. Netay men? Sovush bermaydi menga Yoqib ketganing olov. Netay, yetmayman senga, O’rtaga tashlangan g’ov. Ishqqa maskan yuragim, Topib ber deb qistaydi. Nima qilay, berahm- Ruhim seni istaydi
Keldim...Kurdim...Sevdim...
|
|
| |
Durbek | Дата: Среда, 22.04.2009, 09:55 | Сообщение # 55 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| QIZ VA SHAMOL HAQIDA ERTAK Dardlarimday uzun ko'chani Oyoqlaring sasi o'padi. Uxlab qolgan oydin ko'chani Uyg'otadi sochlaring hidi. Uzoqlardan senga izma-iz Oshiq shamol ergashib kelar, Yolvoradi u senga unsiz, Yolvoradi tungi maysalar. Ko'zlaringga oy boqar qonib, Ko'zlaring oy nuriday toza. Mana kelding - Bo'g'ilib, yonib, Seni yutar ko'hna darvoza. Shamol esa ko'chada qolar, Qilt etmaydi,qanotlari tinch. Parcha-parcha bo'lib sinadi U ko'tarib yugurgan sevinch. Va labdagi bo'sa hididan Mast bo'lgancha chayqalib behol, Qayrag'ochga ko'ksini bosib, To'lib-to'lib yig'laydi shamol. Xurshid Davron
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Afsona | Дата: Среда, 22.04.2009, 20:17 | Сообщение # 56 |
 Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Статус: Offline
| СЕНСИЗ Мана бир умримни яшадим сенсиз Кайтмас шодликларнинг кайтишин кутиб Тобутинг бошида чукканимда тиз Фарзандлар кутарди кулимдан тутиб Шундан бери тикман хар неча калкон Бахтга,бахоргаям,кишга кайгуга Биров азасига йигладим кон кон Туйига куларман ухшаб охуга Лекин колганимда,калбимла танхо Туйгулар зорига солганда кулок Узни заиф,чанкок сезганда гохо Аламдан берраман жавобсиз сурок Тирик экан нега ташлаб кетмадинг? мендан нафисрокнинг хуснига ошик Мендан еникроги тортмади сени Энди нигохингга бор жаннат очик. Сени мажнун этиб бир ер гузали Нега мени ташлаб кетавермадинг Тирик айрилишнинг доги огирмиш Хурлар кемирармиш,умрни чойиб. бу мудхиш эговга берармиш туриш Кетсанг хам менга жон туйгунгдан айниб билардим кандайдир оласан нафас Мураккаб бу дуне,сен чун хам тирик Сенга ед ношудлар,тунд рухлар кафас Бугунги кадаминг кечадан йирик Нега нега мени ташлаб кетмадинг? Биламан рашк мени этарди халок Афзал курганингни каргаб утардим Изингдан юрмасдим соядай гамгин Лекин ишк хакила магрур кутардим Хаетда колардинг мен учун тирик (ЗУЛФИЯ)
ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
|
|
| |
Durbek | Дата: Пятница, 24.04.2009, 20:17 | Сообщение # 57 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| KAMTARLIK HAQIDA Garchi shuncha mag`rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak? Kamtarin bo`l, hatto bir qadam O`tma g`urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O`par doim peshonasidan. Erkin Vohidov P.S. Mening eng yaxshi ko'rgan she'rlarimdan bittasi
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Afsona | Дата: Среда, 06.05.2009, 23:57 | Сообщение # 58 |
 Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Статус: Offline
| ХАЕТ КУШИГИ (Б. Бобомурод) Пайгамбарлар утди, утди валилар, Шоху беклар утди, утди ганимлар. Алар ахир энди кайда, канилар Улмайдиган одам борми дунеда?! Казо давосини уйлай уйлай жим, Утди Ибн Сино, Лукмони хаким Кочиб кутулолмас ажалдан хеч ким, Улмайдиган одам борми дунеда?! Мурт эрур тандаги иссик жонимиз Бекор булур бир кун бор имконимиз Такдирнинг омонат бир инсонимиз Улмайдиган одам борми дунеда?! Нукта куйилмасдан умр сатрига Тирикликнинг етмок керак кадрига Ким туйибди хает гулин атрига Улмайдиган одам борми дунеда?! Яшасак- номимиз суйланиб колсин Мехримиз, едимиз суйланиб колсин Улим хам бир лахза уйланиб колсин…. Улмайдиган одам борми дунеда?!
ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
|
|
| |
|