Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Блог
Bosh sahifa » 2008 » Январь » 14 » Alamlarga almashingan tun.
Alamlarga almashingan tun.
09:36
08.08.2007
 
Inson tanholikda hayollariga erk beradi.

Bu tun ham safarimning barcha tunlari kabi g'ashlik bilan keldi. Havo dim, na tunning erka shabbodasi, na yulduzlarning jilmaygan shu'lasi... Hayollarim nelarni istaydi, nimalarni qo'msaydi, kimga yolvoradi, o'zim ham bilolmadim. Faqat bir narsaga yana bir bor amin bo'ldimki, tanholik ham yo'qchilikning bir shakli ekanini... Dam olish kunlari barcha mablag'imni o'yin-kulguga sarflagan bo'lsam, ertangi kun uchun qayg'urish bu vaziyatni muvozanatga solmoqqa urinardi. Shunda hayollarim yana uyga, mehribonlarim sari intiladi. Keyin esa o'ylab qoldim: qancha-qancha mablag'ni havoyi ko'klarga sovuramanu, mehribonlarimning har bir iltimosini esa tarozuda tortmoqchi bo'laman. Nega endi mana shu sovurilgan mehrlarimda ularning haqqini olib qolmayman? Nega endi sabrni sotib, yana uning daromadiga o'zgalarning sabrini sotib olaman?

Yana falsafona fikrlarimdan jahlim chiqadi. Keyin esa ezgu ishlarni o'ylab, o'zimni mard, hotamtoy his qilaman. Saroblardan qasrlar qurib, unda barcha uchun hayolot joylar beraman. Bu hol toki kun tashvishidan horigan tanim ongimga ters qarab tinib qolmaguncha davom etadi....

Mayin sabosi bilan yusimni siypalab uyg'otgan tong esa hayolotlarni bir zum unitishga majbur qiladi. Keyin esa tanimni yana qayta ongimga ulab, hayolotlarni haqiqatga aylantirmoqlikka chorlaydi.... Qo'ng'iroq jaranglaydi: yana sermazmun tashvishlarning boshlanish oni...

Tongada ikki habar eshitdim: biri yaxshi, ikkinchisi esa bir-oz ko'ngilsiz. Maosh kam yozilgan, soliqlar yanada ko'proq. Barchasiga hizmat safarining chiqimlari sabab bo'lgan ko'rinadi. Bu esa hayolotlarimning yarmidan voz kechishimga imkon beradi.

Ertaga Husnolaning nikoh to'yi bazmi. Hamkasblar taklif qilingan. Men esa borolmayman... Bu ham mening avvvaldan qilib kelgan hayolotlarimning bir qanchasini samarasiz yakuni bo'ladi. Lekin hamkasbimning baxti kelganidan mamnunman.

Kunning osuda o'tishini Allohdan so'rab qolaman.
Turkum: Kundalik satrlar | Ko'rishlar: 1674 | Muallif: Alisher | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]


[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muqaddima. (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbatning yolg'on va haqiqati... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Mening muhabbatim... (0)
[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Bir she'r tarixi... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat do'stlikning nihoyasidir... (4)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Taqdiri azal... (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Alamlarga almashingan tun. (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Tanholikdan ketgan muhabbat. (4)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Muqaddima... (1)
Суббота
18.05.2024
18:45
Taqvim
«  Январь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Kundalik sahifalari
Bir she'r ta'rihi... [10]
Bir satr she'r yozildi... Tarixi esa kitoblarga sig'masdi...
Ish, ish va yana ish! [2]
Bekor o'tirgandan bekor ishla...
Kundalik satrlar [7]
Bu kundalikda hayotimni yoritib borman, toki o'zgalar mening xatolarimni takrorlamasinlar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright: AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz