Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Блог
Bosh sahifa » 2008 » Январь » 14 » Muqaddima...
Muqaddima...
09:34

Odatda o'tmishimizga nazar tashlab qilgan ishimizning yaxshi yoki yomon ekanligini bilamiz. Yoki o'zgalar o'tmishini o'rganish orqaligina qaltis qadamlardan saqlanib qolamiz. O'tmish bo'lmasa kelajak zulmatdan iborat bo'ladi. Huddi chiroqlarini orqani yoritib ketayotgan aravaga o'xshardi hayotimiz.

Allohga beadad shukrlar bo'lsinkim, qalbimizga mayoq berib, ongimizga chiroq berib, tilimizga yo'l berib, dilimizni kelajak sari boshlaydi. Tarix tillardagina emas, kitoblarda ham qoldi. Faqat tinglagani quloq, o'qigani ong kerakligini bila turib, yoki onni ko'ra turib, ba'zida inkor etishimizga asos bormikin?

Kundalik yozmas edim. Lekin o'z savollarimga javob topa olmasam, tarixni eslab qolmasam, bilim olmasam, qalbimga quloq solmasam, qanday yana idrok eta olaman? Yana o'sha, gumroh va nodonligimcha qolaman. Donolikka talabgor emasman, shuxratga ham. Faqat, bir narsani ko'nglim istaydi: Ba'zida shunday go'zal satrlarni ko'rib qolamanki, ualr bilan o'rtoqlashgani bir hamsuhbat izlab qolaman. Shunda, atrofda yolg'izligimni sezib qolaman. Balki mendan bir qadamda dohiylar bordir, balki mendan bir qulochda nodonlar bisyor?! Lekin qani endi yurak yutib tilim aylansa, qani endi suhbatlash deb yoqadan tutsam?! Faqatgina donolarga laqmana holos, nodonlarga aqlin kechgan telba oshiqman...

Kundalik yozmas edim. Nima kerak menga ahir o'zimdan boshqa tanimagan haqiqatim oshkori uchun?

Lekin boshladim. O'rganaman. O'ylanaman. Taxlil qilaman. Taxrir qilib o'chiraman yoqmaganini. Keyin esa qolganiga dasturxon yozib, do'stlarimga exson qilib hadya etaman. O'chganlari gard bo'ladi mening qalbimda, vijdonimning to'rvasida bir yuk bo'ladi.

Bu esa birinchi exson bo'ldi.

Turkum: Kundalik satrlar | Ko'rishlar: 1695 | Muallif: Alisher | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 1
1 Mashhura  
0
Alisher aka, "Kundalik"dagi hamma "yuragidan yaralanganlar" bo`lsa kerak. Chunki bu gaplar faqat sizgagina emas, "kundalik"ni o`qiyotgan barchaga tegishli bo`lsa, ajab emas.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]


[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muqaddima. (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbatning yolg'on va haqiqati... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Mening muhabbatim... (0)
[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Bir she'r tarixi... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat do'stlikning nihoyasidir... (4)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Taqdiri azal... (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Alamlarga almashingan tun. (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Tanholikdan ketgan muhabbat. (4)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Muqaddima... (1)
Суббота
18.05.2024
19:40
Taqvim
«  Январь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Kundalik sahifalari
Bir she'r ta'rihi... [10]
Bir satr she'r yozildi... Tarixi esa kitoblarga sig'masdi...
Ish, ish va yana ish! [2]
Bekor o'tirgandan bekor ishla...
Kundalik satrlar [7]
Bu kundalikda hayotimni yoritib borman, toki o'zgalar mening xatolarimni takrorlamasinlar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright: AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz