Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Блог
Bosh sahifa » 2008 » Май » 19 » Qidirganlarga Muhabbat yolg'onchi...
Qidirganlarga Muhabbat yolg'onchi...
16:31
Insonlar borki, muhabbatni havas va ehtiros bilan alishtiradilar. Muhabbat deb niyat izhor qiladilar, Sevgi deb hohish tushunadilar, Qalb deb so'z oshkor etadilar. Bir bechora esa unga ishonib, Muhabbatni, dilni, qalbni, sevgini qabul qiladi.
Qalb orosi bilan, hayosi bilan, pinhoni bilan go'zal. Oshkor bo'lgach, uning dog'lari ko'rinadi.
 
Muhabbatga yetishgan inson bu bahtga o'zi ishonmaydi va inkor etadi. Yangi Muhabbat qidiradi. Bu hol ko'pchilikda kuzatiladi. Ishonmaysizmi? Qalbingizda, sirlaringizga, yuragingizga, hayollaringizga bir erk beringda so'ng uni begona ko'z bilan taxrir qiling.
 
Muhabbatni qidirish emas, unga sazovor bo'lish kerak, unga intilish kerak, zero g'unchani sevgan uning gulbargi bilan qo'shib sevadi, zero uning mevasini ham seva olishiga ishonarmikin?
 
 
Bulbul va atirgul...
 
Bog'imda ochilgan bir tup atirgul
Gulbargin oftobga solgancha ma'yus
Shabboda ishqiga etmayin parvo
Oshiq bulbulini kutadi hanuz...
 
Bilmaydi bechora bulbuli-go'yo
Faqat g'unchalarga solgan nigohin.
U uchun begona visol, ayriliq,
Tinglamas xech qachon gullarning ohin.
 
Sevgi deb gullarga aylanar g'uncha,
Xijron azobida qurib bitgay gul.
Muhabbat madhiga dostonlar bitib,
Bir umr tanhoda yashaydi bulbul!
 
 
14 avgust, 2001 yil
Turkum: Bir she'r ta'rihi... | Ko'rishlar: 1967 | Muallif: Alisher | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 8
8 Арофат  
0
Айтингчи, сиз чин дилдан севган Фаришта ким аслида???

7 Hidoyat  
0
MUHABBAT sof,begubor tuygu! Uni har kim har xil qabul qiladi yoki aksincha. muhabbatga yolgon bilan yondoshganlar qalban zaiflar menimcha!

6 Umar  
0
Ba`zilar bor sevaman deb birovlarni aqlinii ozdiradi Kerak bo`lsa o`ziga bo`y sundirish uchun Folchi(romchi)ga borib o`qitib o`ziga qaratib bor bu bor narsa (o`zimi boshimga tushgan)

5 Kumush  
0
O'z ehtiroslarining qurboni bo'lish!Bunga chidasa bo'ladi.Biroq o'zing his etmaydigan ehtiroslarga qurbon bo'lish!Allohim mana shundan asrasin insonlarni.Uz uzingni anglamay turib birovga taqlid qilib sevgi muhabbat yaratish bu dahshatni uzginasi!O bechora 21 asr!

4 nafisochka-86  
0
Muhabbat muqaddas tuyg'u. Allohm uni faqat eng suyukli farzandlariga sinov uchun berarkan.

3 Magic  
0
Muhabbat bor tuyg'u. judayam go'zal tuyg'u. muhabbat har bir insonning qalbiga tashrif buyuradi. MUHABBAT misoli gul, u parvarishga muhtoj, agar parvarish qilinmasa...... so'ladi heart

2 Alisher  
0
Muhabbatni yolg'onchi deb atashim noto'g'ri bo'lardi. Faqat muhabbatga yolg'on aralashtirganlari yomon.

1 Farzona  
0
MUHabbat yolg'onchi...Muhabbatini izhor qiladiganlar ham yolg'onchilar... To'g'rimi?

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]


[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muqaddima. (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbatning yolg'on va haqiqati... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Mening muhabbatim... (0)
[23.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Bir she'r tarixi... (0)
[31.10.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat do'stlikning nihoyasidir... (4)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[02.11.2007][Bir she'r ta'rihi...]
Taqdiri azal... (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Alamlarga almashingan tun. (0)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Tanholikdan ketgan muhabbat. (4)
[14.01.2008][Kundalik satrlar]
Muqaddima... (1)
Суббота
18.05.2024
17:41
Taqvim
«  Май 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Kundalik sahifalari
Bir she'r ta'rihi... [10]
Bir satr she'r yozildi... Tarixi esa kitoblarga sig'masdi...
Ish, ish va yana ish! [2]
Bekor o'tirgandan bekor ishla...
Kundalik satrlar [7]
Bu kundalikda hayotimni yoritib borman, toki o'zgalar mening xatolarimni takrorlamasinlar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright: AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz