Agar yaratganni sevib unga bo'lgan muhabbatimizni isbotlasak u ham albatta bizlarni sevadi biz uning suyukli bandalariga aylanamiz Agar atrofdagi insonlarni sevib unga bo'lgan hurmat, muhabbatni izhor qilsak u ham o'sha suygan insonga bo'lgan munosabatini a'lo darajada qila olarmikin
Bu bilan men Allohga insonni barobar qilmoqchi emasman, lekin Allohning nazari asosan Yerdagi insonlarda,
Shu gaplarimdan keyin nima dip o'ylisizlar sevgi muhabbat inson uchun yaratilgan narsami yoki Alloh uchunmi.
Inson dunyoga nima uchun keladi degan savolga avvalam bor yaratganga ibodat qilish uchun deb javob beramiz. Ibodatni qanday yo'l bilan qilamiz, nega yaratganga ibodat qilamiz degan savolga ko'pgina, turfa hil javoblar bera olamiz. Birinchidan yaratgan insonni jon qilib yaratganga o'z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz albatta muhabbat bilan, quvonch bilan. Ikkinchidan oyoq qo'limizni but qilib yaratgani uchun minnatdorchilik izhor qilamiz albatta muhabbat bilan, quvonch bilan, Uchinchidan atrofimizdagi yaqin insonlarimizni munosabatlarining yaxshiligi, mehri uchun yaratganga o'z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz, To'rtinchidan yaratgan bizlarning yurgan yo'limizni nurafshon qilganligi uchun ham unga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Beshinchidan, oltinchidan va hakazo savollarga javoblar kelib chiqaveradi. Mana mening fikrim bo'yicha nega yaratganga ibodat qilishimizga bergan javoblarim. Alloh hech qachon aldamaydi, yolg'on gapirmaydi, o'z bandasiga yomonlikni ham ravo ko'rmiydi. Mana shuning uchun ham yaratganga bo'lgan muhabbatimiz qiladigan ibodatlarimizda namoyon bo'ladi. Yaratgan haqligi uchun, insonlar uchun rahmliligi uchun Allohga bo'lgan muhabbatimi jo'sh urib turadi. Bu bilan Allohga bo'lgan sevgi muhabbatimiz hamisha kim bo'lishimizdan qat'iy nazar kuchli. Endi menda yana savol tug'iladi insonlarnichi, insonlarni nimasi uchun sevishimiz, ardoqlashimiz, hurmat qilishimiz, ularga bo'lgan muhabbatimizni namoyon qilishimiz kerak. Bu savolga kamida 1000, 2000 ming hil javob berish mumkin, Ho'sh sizlarni fikringiz qanday. Insonlarni chin dildan sevish mumkinmi, Siz uni sevasiz lekin u sizni chindanam sevadimi, hurmat qiladimi???? Javoilani kutib qolaman.
Muhabbat... Uning sinovlari oldida ko'plab insonlar ojiz va lol qoladilar. Alloh muhabbatni suygan bandalariga sinov qilib yuboradilar deysiz. Albatta, bu sinovni o'taganlar ko'p emas. Oddiy oilada muhabbatni ko'rmaysiz, negaki u tillarda doston emas, dillarda yakson emas, biz uchun oson emas, u oddiygina muhabbat... Bu oddiygina ishonch, quvonch, sadoqat va vafo. Muhabbat dardida yonib, dardini doston qilganlar esa odatda bunday muhabbatdan behabardirlar. Suyuklisi uchun muhabbatidan voz kechganlarni ko'ring. Muhabbati deb suyganlaridan voz kechganlarni ham ko'ring. Sevish uchun muhabbat qidirganlarni qarang. Muhabbat deb sebgi qidirganlarni ham qarang. So'zlarimda farq ko'rmasangiz, dilingizga qarang, toki uni yuzini hazon bosibdi.... Nafisa, dardingiz, muhabbatingiz haqida forumda suhbatlashsak.
Bugun kimningdir ko'ngli ko'tarilgan meni esa mana 4 oydirki hali ko'nglimda to'fon. Nima qilay taqdir menga bergan muhabbatni asrab qololmadim. 2006 9 noyabrda tanishdim. 2007 3 iyunda tuy bo'ldim. 2008 23 martda esa butun umrga xayrlashdim. Mana senga muhabbat. Qattiq sevaman, sensiz yasholmayman derkansanku, lekin mana 4 oy yashab yuribman. Men hecham ajrashish niyatim yuq edi. Lekin, onam meni bunday xo'rlashlariga qarab turolmadilar. Meni sevib turmush qurgan yigit ba'zibir sabablarga ko'ra 23 mart kuni o'larda qilib o'rdi. O'zimga kelganimda reanimasiyada ekanman. Bunga nima deysiz, shuyam muhabbatmi?
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin. [ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]